Afg‘onistondagi IShID* jangarilari MO mamlakatlari bilan chegara yaqinida – Medvedev

Rossiya Xavfsizlik kengashi raisining o‘rinbosarining fikriga ko‘ra, AQShning Afg‘onistonda harbiy bo‘lib turishi oqibatlari fojiali bo‘lgan.
Sputnik
TOShKENT, 12 sen — Sputnik. Afg‘onistonda o‘n minglab IShID* jangarilari bor, jumladan, Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan chegaradosh viloyatlarda.
Bu haqda 11-sentabrdagi Nyu-Yorkdagi teraktning 20-yilligi munosabati bilan “Gazeta.ru” nashrida chop qilingan Rossiya Xavfsizlik kengashi raisining o‘rinbosari Dmitriy Medvedevning maqolasida so‘z boradi.
“Maxsus xizmatlar hisob-kitoblariga ko‘ra, hozir mintaqada o‘n minglab IShID* jangarilari va ularning izdoshlari bor, ularning katta qismi Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan chegaradosh shimoliy hamda sharqiy viloyatlarda to‘plangan. “Islom davlati”* rahbariyati o‘z ta’sirini butun mintaqaga tarqatish rejalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ma’lum qilgan”, - deyiladi maqolada.
Medvedevning fikriga ko‘ra, AQShning Afg‘onistonda harbiy bo‘lib turishi oqibatlari fojiali, Vashington Afg‘onistonda 1,5 trillion dollarni behuda ko‘mgan va terrorizmni yenga olmagan.
Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Vashingtonni uning Afg‘onistondagi terrorizmga qarshi kurashga oid muvaffaqiyatsiz siyosatidan saboq olishga chaqirgan.
“AQShning Afg‘onistondan ketishi avvalgiday Osiyo, Afrika, Yaqin Sharq va Yevropa uchun ulkan tahdid bo‘lgan terrorchilik tashkilotining faolligini kuchaytiradi, xolos”, - deb hisoblaydi Medvedev.
Shoygu KXShTni Afg‘onistondan jangarilar hujumiga shay bo‘lib turishga chaqirdi
Shuningdek, u Afg‘onistonda hal qilinmagan muammolar sifatida giyohvand moddalarining ishlab chiqarilishi ko‘rsatgan. Narkotik ishlab chiqarish so‘nggi yillarda bir necha baravarga ko‘paygan.
* Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkilotlari
Amerika buyuk urushni sarhisob qilyapti: o‘ldirilganlar million, trillionlar o‘marilgan