Minnixanov o‘zbekistonlik sportchilarni Tataristonga musobaqaga taklif qildi

Aziz Abduhakimov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Tataristonga tashrif buyurdi.
Sputnik
TOShKENT, 11 sen - Sputnik. Kecha, 9-sentabr kuni Tatariston prezidenti Rustam Minnixanov Qozon shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari - Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimovni qabul qildi.
Uchrashuvda Minnixanov O‘zbekiston sportchilarini yaqin kelajakda Tataristonda bo‘lib o‘tadigan sport musobaqalarida ishtirok etishga taklif qildi.
“Biz yirik sport tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha katta tajribaga egamiz. Yaqin yillarda Tataristonda qator yirik xalqaro sport tadbirlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Ularda o‘zbekistonlik ishtirokchilarni ko‘rishdan juda xursand bo‘lamiz”, - dedi Tatariston prezidenti.
Shuningdek, tomonlar Tatariston delegatsiyasining ushbu yilning iyul oyida O‘zbekistonga uyushtirilgan tashrifini yodga olishdi va ikki respbulika orasidagi kzp tomonlama madaniy va iqtisodiy hamkorlik ildam rivojlanib borayotganini qayd etishdi.
“Bizning o‘zaro aloqalarimiz va qo‘shma loyihalarimiz O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga yo‘naltirilgan. Ikki mamlakat prezidentlari tomonlararo munosabatlarni yana-da rivojlantirish uchun barcha sharoitlarni yaratishda davom etish muhim deb hisoblaydilar”, - dedi Tatariston Respublikasi Prezidenti.
O‘zbekiston bilan savdo aylanmasini foizga emas, barobariga oshiramiz – Minnixanov
Aziz Abduhakimov, o‘z navbatida, O‘zbekiston-Tatariston o‘rtasida turizm, madaniy meros va sport sohalarida hamkorlik aloqalarini rivojlantirish haqida so‘z yuritdi va bunda xalqaro tadbirlarning o‘rni nihoyatda muhim ekanini ta’kidladi.
Delegatsiya vo glave s Azizom Abduhakimovim posetila Tataristan