TOShKENT, 11 sen - Sputnik. Kecha, 10-sentabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda O‘zbekiston va Rossiya mehnat vazirliklari vakillari tashkillashtirilgan tartibda mehnat migrantlarini ishga olib ketish uchun qanday talablar bajarilishi kerakligini muhokama qilishdi, Sputnik muxbiri xabariga asosan.
Uchrashuvda Rossiya mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirining o‘rinbosari Andrey Pudov boshchiligidagi delegatsiya hamda Rossiyaning 40 ga yaqin ish beruvchi tashkilotlari vakillari ishtirok etishdi. Ushbu kompaniyalarning aksariyati - qurilish kompaniyalaridir.
“Biz kelgusi 10-yil ichida milliard kvadrat kilometrga yaqin qurilish loyihalarini amalga oshirishni rejalashtirganmiz. Bu jumladan kosmos, butun mamlakat bo‘ylab temiryo‘l qurilishi, sanoat ishlab chiqarish, energetika va boshqa turli sohalarda amalga oshiriladi. Shu bois bizga malakali mutaxassis yoki profisssional kadrlar zarur”,- deydi Rossiya qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Nikita Stasishin.
Ushbu munosabat bilan Rossiyaga O‘zbekistondan yiliga 10 ming nafar mutaxassislarni charter reyslar bilan olib ketishni rejalashtirayotganini va ushbu kadrlarni respublikaning barcha hududidlaridan tanlov uslubida imtihon qilib olish rejalashtirilgani ta’kidlandi.
Vizit delegatsii Mintruda RF v Uzbekistan
© Sputnik
“Asosiy maqsad, pandemiya sharoitidan kelib chiqqan holda mehnat qonunchiligi, ijtimoiy qonunlarga mos tarzda mehnat migrantlarini munosib ish va mehnat sharoiti bilan ta’minlash. Agar ish beruvchi yoki ishlash istagida bo‘lgan fuqaroda turli savollar tug‘ilsa, shu yerning o‘zida javob topish”, - deya ta’kidladi Rossiya mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirining o‘rinbosari Andrey Pudov
O‘zbekiston vakillari ham, o‘z navbatida, xorijga olib ketilayotgan mehnat migrantlarining huquqlari to‘la himoyalangan bo‘lishi, ularga tanlov imkonini berish muhimligini ta’kidlashdi. Ular o‘z vatanida turiboq, qayerda, qanday sharoitda va qancha maosh evaziga ishlashi haqida to‘la ma’lumotga ega bo‘lishi zarurligini qayd etishdi.
“Biz eng asosiysi mehnat migrantlariga munosib mehnat sharoiti yaratilishiga ishonch hosil qilishimiz zarur. Shundagina, bu charter reyslar amalga oshiriladi”, - deydi O‘zbekiston bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanov.
Aytish joizki, Rossiyada 2020-yil boshidan boshlab xorijiy fuqarolarni ishga yollashning yangi tartibi joriy etilgan. Pandemiya cheklovlaridan kelib chiqqan holda, Rossiya hukumati mehnat migrantlarini tashkillashtirilgan tartibda ishga yollash tartibini joriy etgan. Buning uchun, hududlar darajasidagi maxsus komissiya ruxsatini olish talab etiladi. Ushbu munosabat bilan Rossiyaga kelayotgan xorijiy ishchilar oqimi ham sezilarli darajada kamaygan.
Ikkinchi tomondan, Rossiyaning qurilish kompaniyalari ishchi kuchi yetishmayotgani yaqol sezilmoqda va buning oqibatida yangi qurilayotgan uylar narxi oshib ketishi va yirik milliy loyihalar qurilishi to‘xtab qolayotgani kuzatilmoqda.
Vizit delegatsii Mintruda RF v Uzbekistan
© Sputnik