Yushkov: Yevropa Rossiya gazidan voz kechishi mumkinmi?

Rossiya Yevropada gaz narxining keskin ko‘tarilishiga sababchi bo‘ldimi, agar YeI yashil iqtisodiyotga o‘tishni istasa, Shimoliy Oqim-2 samarali bo‘ladimi?
Sputnik
TOShKENT, 9 sen - Sputnik. Bugun “Gazprom” "Shimoliy oqim-2" qurib bitkazilganini e’lon qildi.
Gaz o‘tkazgichning so‘nggi trubasi Boltiq dengizi tubiga yotqizilgani haqidagi xabar 6-sentabr kuni e’lon qilingan bo‘lsa, 9-sentabr kuni fucherslar bozorida tabiiy gaz narxi tarixiy rekord o‘rnatdi – savdo tarixida birinchi marta ming kubometr gaz narxi 700 dollardan oshdi.
“Shimoliy oqim-2”ning ishga tushirilishi Yevropada gaz narxining tez o‘sishiga qanday ta’sir qiladi? Nima uchun Yevropa qishda muzlab qolishdan qo‘rqib turgan bir vaqtda "Gazprom" YeI bozoriga gaz etkazib berishni ko‘paytirmayapti?
“Shimoliy oqim-2” qurilishi to‘liq yakunlandi
Rossiyaning energetika strategiyasining o‘ziga xos xususiyatlarini "Sputnik rus tilida" Youtube-kanalida Rossiya Milliy Energetika xavfsizligi jamg‘armasining yetakchi tahlilchisi Igor Yushkov tushuntirib berdi.
Nega Norvegiyani emas Rossiyani ayblashmoqda
Yevropada 9-sentabr kuni oktabr oyidagi gaz fucherslarining narxi savdo tarixida birinchi marta 700 dollardan oshdi. Bir oy oldin uning narxi 550 dollarni, may o‘rtalarida esa - 373 dollarni tashkil etgan edi. Yevropalik gaz savdogarlari bu vaziyatni "jinnilik" deb atashmoqda va bir qator ommaviy axborot vositalari ushbu narxlar poygasini "Gazprom" o‘yinlari deb izohlashmoqda. Biroq, bu bema’nilikning mantiqiy izohi bor, deydi Igor Yushkov.
"Osiyo bozorida gaz narxi bundan ham yuqori. Xitoy gaz iste’molini ko‘paytirmoqda. Undan tashqari ham katta iste’molchilar bor: Yaponiya, Janubiy Koreya. Ya’ni hozir dunyodagi barcha suyultirilgan gaz Osiyoga ketmoqda. Tabiiyki, suyultirilgan gaz chiqaruvchilari imkon qadar ko‘proq daromad olishni xohlashadi. Shu sababli ham butun 2021-yil davomida gaz ishlab chiqaruvchilar barcha mahsulotini Osiyo bozorlariga jo‘natmoqda, - deydi Igor Yushkov.

Shu sababli, Yevropaga qo‘shimcha hajmdagi suyultirilgan gaz kerak bo‘lsa, u Osiyodagi narxlar bo‘yicha taklif qilinadi, - tushuntiradi Yushkov. Rossiyaga kelsak, biz apreldan to hozirgacha bir xil hajmda gaz etkazib berib kelmoqdamiz.
"Gazprom" Yevropa omborlariga jo‘natilayotgan gaz hajmini qisqartirdi
"Shuning uchun ham biz chet el matbuotidan doimiy eshitib kelayotgan “Rossiyani kranni yopishi va Yevropani shantaj qilishi” haqidagi ayblovlar – o‘rinsiz. Shu o‘rinda YeIga boshqa gaz yetkazib beruvchilarga nazar solish foydali bo‘ladi. Masalan Norvegiyada to‘rtinchi yil davomida gaz qazib olish hajmi kamayib bormoqda. Ular imkon qadar ko‘proq gazni suyultirib Osiyoga junatishga harakat qilishmoqda".
Jazoir ham ichki iste’mol hajmi ko‘payishi tufayli eksportga kamroq gaz jo‘nata boshladi.
Shunday ekan, Rossiyadan nima da’vo qilmoqchisiz? Yevropaliklarning o‘zi iqtisodiy yutuq uchun vatanparvarlikdan voz kechayotgan bo‘lsa?
Undan tashqari, savdogarlar yuqori narxlar haqida gapirganda, ular Gollandiya birjasining kotirovkalarini nazarda tutadi. U yerda narxlar asosan suyultirilgan gaz bozoridagi vaziyatni aks ettiradi.
Germaniya fond birjasi undan farq qiladi: u yerdagi narxlarga Rossiya quvurli etkazib berishi ta’sir qiladi, shuning uchun ular pastroq. Ushbu omillarning barchasini hisobga olish muhim, deydi Igor Yushkov.
Nima uchun Rossiya Ukrainaga foyda qilishi uchun imkon berishi kerak?
Savdogarlar asabiylashayotganining yana bir sababi – Yevropa yer osti omborlarida gaz zahiralari miqdori pastligidir, deydi ekspert.
Polsha va Ukraina “Shimoliy oqim-2”ga qarshi birlashdi
"Lekin nima uchun bunday bo‘ldi? Nega ular qishga tayyorgarlik ko‘rmadilar? Chunki narx yil davomida o‘sib bordi va kompaniyalar narx cho‘qqisiga chiqqan, endi men hozir ming kubometrni 400 dollarga sotib olsam, qishda narx 300 dollarga tushadi va men zarar ko‘raman, deb o‘ylashdi. Keyin narx 500 dollarga chiqdi – ular “ana endi narx aniq eng yuqori cho‘qqisida” deb o‘ylashdi. Va hozir ham ana shu sababli ular yer osti omborlariga gaz quyishdan qo‘rqishmoqda, chunki hech kim bilmaydi, balkim qishda narx to‘satdan arzon bo‘lar”.

Undan tashqari, yil davomida ko‘plab mamlakatlar gazni omborlardan olib, uni joriy iste’mol uchun faol ravishda sotishdi, chunki 2020-yil butunlay boshqacha bo‘lgan edi. O‘tgan yil bozor narxi juda past edi: har ming kubometr uchun 100 dollardan past bo‘lgandi.
"Yevropa qishda, albatta,muzlab qolmaydi, lekin Rossiyadan gaz sotib olish uchun ularga qo‘shimcha quvvat kerak bo‘ladi", - dedi u. "Rossiya gaz ishlab chiqarish va yetkazib berish miqdorini ko‘paytirish imkoniga ega bo‘lgan yagona quvurli gazetkazib beruvchidir. Bunda "Shimoliy oqim-2" Rossiyaga qo‘shimcha hajmlarni Yevropaga ortiqcha xarajatsiz yetkazib berish imkonini beradi".
Hozir "Gazprom" uchun yetkazib berish hajmini ko‘paytirish - foydasiz, deydi Yushkov.
"Gazprom" Yevropani to‘lashga majbur qilish yo‘lini topdi
"Ukrainadan boshqa barcha yo‘nalishlar to‘liq quvvat bilan ishlamoqda. Agar hozir “Gazprom” Ukraina orqali normadan ortiqcha hajm olsa, unda yuqori kefitsentlar ishga tushadi. Ukraina orqali gaz o‘tkazish narxi shundoq ham juda yuqori. O‘z-o‘zidan savol paydo bo‘ladi – qimmat narxga gaz yetkazib berib gaz narxini tushirish kerakmi yoki hammasi oldingidek qolgani yaxshimi?”
Birinchi variant iqtisodiy jihatdan mutlaq ma’nosiz, deydi ekspert.
"Rossiya hozir o‘z zimmasiga olgan barcha uzoq muddatli shartnomalarni va qo‘shimcha kelishuvlarni bajarmoqda. Agar qo‘shimcha hajm yetkazib berilsa, barcha foyda ukrainalik operatorga tegadi, chunki u meyoridan ortiq tranzit uchun yuqori to‘lov oladi",-deydi Yushkov.

Yashil iqtisodiyot
“Shimoliy oqim-2” ishga tushganidan so‘ng, Rossiya qo‘shimcha gaz etkazib bera oladi, deydi Igor Yushkov.
"Birinchidan, bu quvur to‘liq "Gazprom"ga tegishli bo‘ladi, ya’ni u o‘z sho‘’ba korxonasiga pul to‘laydi. Ikkinchidan, Yamaldan Germaniyagacha bo‘lgan masofa Ukraina orqali o‘tadigan yo‘nalishdan 1800km qisqa. Gaz quvurlari qisqaroq bo‘lgani tufayli "Gazprom" kamroq energiya sarflaydi. Bu iqtisodiy nuqtayi nazardan eng samarali uslub".
Ekspert fikriga ko‘ra, yashil iqtisodiyotning rivojlanishi "Shimoliy oqim 2" ga salbiy ta’sir ko‘rsata olmaydi.
"Shimoliy oqim-2" - birinchi oktabrdan ishga tushadi
Rejaga ko‘ra, Yevropa 2050-yilga kelib har qanday qazib olinadigan energiya manbalaridan voz kechishi kerak. Ammo bugungi kunda YeIda "yashil bitim" ga kiritilayotgan sarmoyalar miqdori etarli emas. Buning uchun ularni bir necha barobar oshirish kerak.

"Bu esa juda qiyin, chunki oxir-oqibat hamma narsani iste’molchi to‘laydi. Yevropada elektr energiyasi narxi ancha yuqori, albatta YeI o‘z “yashil” rejasidan voz kechmaydi, lekin ularga erishish kechikishi mumkin. Shunday ekan, mening fikrimcha, YeIga gaz yana bir necha o‘n yillar davomida kerak bo‘ladi".
Undan tashqari, Rossiya energiya bozorida yangi tendensiyalarini kuzatib kelmoqda. Yevropa vodorodga o‘tishni xohlaydi va vodorod esa - tabiiy gazdan ishlab chiqariladi, deb eslaydi Igor Yushkov. Rossiya vodorod ishlab chiqarishni boshlaganidan so‘ng, uni ham “Shimoliy oqim-2” orqali yuborish mumkin bo‘ladi.
Buning uchun boshida gaz quvurini modernizatsiya qilishning ham hojati bo‘lmaydi, deb hisoblaydi mutaxassis.
"Hozir yevropaliklar o‘tish davrida gaz-vodorod aralashmasidan foydalanish haqida gapirishmoqda -tabiiy gazga 30% gacha vodorod aralashtirib yetkazib berish mumkin. Bunda gaz quvurini modernizatsiya qilmasa ham bo‘ladi. Undan so‘ng esa modernizatsiya kerak bo‘ladi. Lekin buning ham yo‘li bor - gaz quvuriga shikast yetmasligi uchun unga maxsus uslubda ishlov berish kerak bo‘ladi".
Hozircha bularning hammasi faqat muhokama darajasida. Vodorod bozorining o‘zi yo‘q, - deydi Yushkov.
"Hech kim vodorodni ko‘p miqdorda ishlab chiqara olmaydi. Lekin isitish mavsumi esa – bor. Bu Yevropa energetika siyosatining bema’niligini namoyish qilmoqda: ular dastlab “Gazprom”ni barcha shartnomalarga narx belgilashni xablarga bog‘liq qilib qo‘yishdi. Agar ular (Rossiya taklif qilgan variant) – gaz narxini neft narxga bog‘lashga rozi bo‘lganda – gaz hozir yarim baravar arzon bo‘lardi. Xullas, hozir yevropaliklar o‘zlari pishirgan “energetik” sho‘rvani o‘zlari ichishmoqda.
To‘liq intevyuni qo‘yida tomosha qilish mumkin.