TOShKENT, 10 sen — Sputnik. Tolibon* harakati jangarilari o‘zini Afg‘oniston prezidenti deb e’lon qilgan Amrullo Solehning akasi Roullohni asirga olishdi va keyinchalik o‘ldirishdi, deb xabar berdi RIA Novostiga qarshilik kuchlariga yaqin manba.
Panjsher viloyatida istiqomat qiluvchi kishi Roulloh Solih (Rohullah Saleh) bir necha kun oldin toliblarga qarshi jangda vafot etganini aytdi.
Amrullo Solih “Tolibon”* Afg‘onistondagi hukumatni egallab olgani sabab mamlakatni tark etgan sobiq prezident Ashraf G‘anidan keyin o‘zini yangi davlat rahbari deb e’lon qilgandi.