Afg‘oniston osmoni chet davlatlar uchun ochildi - manba

Xorij samolyotlari Afg‘oniston havo maydonini hech bir cheklovlarsiz kesib o‘tishlari mumkin endilikda
Sputnik
TOShKENT, 10 sen — Sputnik. Afg‘oniston osmoni ochiq, xalqaro reyslar undan foydalanishlari mumkin, deb xabar bermoqda RIA Novosti "Tolibon"* harakatidagi manbaga tayangan holda.
Putin: Afg‘onistondagi vaziyat mintaqa xavfsizligiga qanday ta’sir etishi noaniq
Shuningdek, xabarda aytilishicha, Qobul xalqaro aeroportidan ilk tijorat reysi parvozi amalga oshirilgan. Samolyot Qobul-Doxa marshruti bo‘yicha parvozni amalga oshiradi.
"Qobul aeroportida dispetcherlik markazi ochilishi bilan Afg‘oniston havo bo‘shlig‘i endilikda aviaharakatlar uchun ochiq", - deyiladi xabarda.
Shu bilan birga, qayd etilmoqdaki, chet el samolyotlari endi Afg‘oniston havo bo‘shlig‘ini hech bir cheklovlarsiz kesib o‘tishlari mumkin.
Ashraf G‘ani qayerdaligi ma’lum bo‘ldi
Ilgariroq Wall Street Journal nashri toliblar 200ga yaqin chet elliklarga, jumladan, amerikaliklarga ham Qobuldan Qatarga uchib ketishlariga ruxsat berishgani haqida xabar tarqatgan edi.
Avgust oyi o‘rtasida "Tolibon"* radikal harakati jangarilari Qobulni bosib olib, prezident saroyini o‘rab olishgan edi.
Oqibatda prezident Ashraf G‘ani davlat rahbari lavozimini o‘z zimmasidan soqit qildi va respublikani tark etdi.
* RFda ta’qiqlangan xalqaro terroristik tashkilot.