“Xurmacha qiliqlar”: ijtimoiy tarmoq orqali so‘kingan o‘quvchi qizlarga chora ko‘riladi

Ularga qonuniy chora ko‘rish maqsadida yuzasidan yig‘ilgan materiallar Navoiy shahar hokimligi huzuridagi Voyaga yetmaganlar komissiyasiga yuborilgan.
Sputnik
TOShKENT, 9 sen – Sputnik. Kun kecha ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy viloyatidagi maktablardan birida dars payti jonli efirga chiqib, behayo so‘zlarni ishlatgan o‘quvchi qizlar videosi tarqaldi.
Viloyat IIB matbuot xizmati ushbu o‘quvchi qizlarning shaxsiga aniqlik kiritilganini ma’lum qildi.
Surishtiruv harakatlari davomida ular Navoiy shahridagi 10-sonli maktab o‘quvchi qizlari 2005-yilda tug‘ilgan J.A., T.J. va R.J. ekanligi aniqlangan. Holat 8-sentabr kuni huquq fani darsida tasvirga olingan.
Andijonda qalbaki PZR-testini tayyorlab sotishni biznesga aylantirgan o‘quvchilar ushlandi
Holat yuzasidan o‘sha maktab direktori, o‘quvchilarning ota-onalari, shuningdek, Navoiy shahar IIB XPB VEB inspektor-psixologlari ishtirokida muhokama tashkil qilindi.
Qizlarning aytishicha, bu shunchaki hazil tariqasida olingan. Ular qilgan ishidan chin dildan pushaymon bo‘lib, uzr so‘rashgan.
Hozirda holat yuzasidan yig‘ilgan materiallar qonuniy chora ko‘rish maqsadida Navoiy shahar hokimligi huzuridagi Voyaga yetmaganlar komissiyasiga yuborilgan.