TOShKENT, 9 sen – Sputnik. 11 sentabrdan boshlab Uzbekistan Airways Toshkent-Bishkek-Toshkent yo‘nalishida muntazam parvozlarni haftasiga uch martagacha ko‘paytiradi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.
Parvozlar haftaning dushanba, payshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi.
Parvozlar jadvali:
Dushanba – HY 777: Toshkentdan uchish 15:50, Bishkekka yetib borish 18:00;
Payshanba – HY 779: Toshkentdan uchish 15:05, Bishkekka yetib borish 17:15;
Shanba – HY 779: Toshkentdan uchish 09:00, Bishkekka yetib borish 11:10.
Toshkent – Bishkek yo‘nalishidagi aviachiptalar 1 mln 229 ming 335 so‘mdan boshlanadi.
Toshkent – Bishkek – Toshkent yo‘nalishida aviachiptalar 2 mln 553 ming 830 so‘mdan boshlanadi.