TOShKENT, 9 sen — Sputnik. Tolibon* “Shimoliy alyans” rahbari Ahmad Shoh Mas’ud maqbarasidagi singan qabr toshini qayta tiklamoqchi. Bu haqda AfghanUrdu nashri Twitterdagi sahifasiga ma’lumot joylashtirildi.
Avvalroq Afg‘oniston IIV jangarilar tomonidan Mas’ud qabrining tahqirlanishi haqidagi bayonotni rad etdi.
Vazirlik vakillari ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan tasvirlar "feyk va fotoshop" ekanligini ta’kidlashdi. Radikallar buning isboti sifatida buzilmagan qabrning suratini ilova qilgan.
Keyinchalik Mas’ud maqbarasining hozirgi holatini aks etgan surat va videolar paydo bo‘ldi.
Kadrlardan ko‘rinib turibdiki, qabrda nafaqat oynali plita singan, balki qabr toshi ham buzilgan. Jangarilar toshni o‘lchash asbobi bilan o‘lchab, uni qanday tuzatish kerakligi haqida o‘ylamoqda.
AfghanUrdu nashri ma’lumotida qayd etilishicha, jangarilar Panjsherga hujum qilganda yodgorlikni vayron qilishgan. Ayni vaqtda harakat vakillari qabr toshini qayta tiklash uchun Kobulga olib ketmoqchi.
* Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik harakati.