TOShKENT, 9 sen – Sputnik. Qozog‘iston Afg‘onistonning yangi hukumati bilan birinchi navbatda gumanitar muammolarni hal qilish uchun konstruktiv ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatishga tayyor. Bu haqda mamlakat prezidenti Qasim-Jomart Toqayev ishonch yorliqlarini topshirish marosimida ma’lum qildi.
“Qozog‘iston Afg‘oniston o‘zida va qo‘shnilari bilan barqaror, suveren va birlashgan, tinch-totuv yashaydigan davlat bo‘lishi kerak deb hisoblaydi. Biz yangi hukumat bilan ishbilarmonlik aloqalarini, avvalo bu jafokash mamlakat duch kelgan og‘ir gumanitar muammolarni hal qilish uchun o‘rnatishga tayyormiz, - deya Facebook᾽da davlat rahbari so‘zlarini keltiradi uning matbuot kotibi Berik Uali.
Qozog‘iston prezidenti dunyo hamjamiyati Afg‘onistonni bunday keskin o‘zgarish paytida yuzaga kelgan qiyinchiliklar bilan yolg‘iz qoldirmasligi kerakligini ta’kidladi.
Toqayev “Tolibon”* harakati vakillari birlashgan, inklyuziv va vakillik milliy hukumatini tuzishi va aslida ular muvozanatli pozitsiyaga sodiq va muzokaralarga ochiq ekanliklarini isbotlashlariga umid bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Afg‘onistonda muvaqqat qukumat tuzilganini olqishlashini ma’lum qilgan edi. Afg‘onistonning yangi davlat idoralari bilan konstruktiv muloqot va amaliy o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga tayyorligini bildirgan.