Kuchlar namoyishi: “Rubej – 2021” mashg‘ulotlari qanday qilib afg‘on tahdidini ogohlantirmoqda

Afg‘onistondagi beqarorlik KXTShga a’zo mamlakatlarning munosabatlari va ularning O‘zbekiston bilan hamkorlik modeliga ta’sir o‘tkazadi, deb hisoblashmoqda harbiy ekspertlar.
Sputnik
TOShKENT, 9 sen – Sputnik. Qirg‘izistonda 9-sentabr kuni KXTShning Tez kuchaytirish kollektiv kuchlarining “Rubej – 2021” (Hudud – 2021) harbiy mashg‘ulotlari yakunlandi. Ikki kun davom etgan mashg‘ulotlarda Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Rossiya qurolli kuchlari harbiylari qatnashdi.
Mashg‘ulotlar maqsadi erishildi – birlashgan qo‘shin ssenariyga ko‘ra KXTShga a’zo davlatlardan birining hududiga bostirib kirgan jangari guruhlarini qurshab olish va yo‘q qilishni o‘rganib oldi. Bu haqda “Rubej – 2021” yopilish marosimida KXTShning birlashgan shtabi boshlig‘i general-polkovnik Anatoliy Sidorov ma’lum qildi.
“Qudratimizga shubha qilma”: O‘zbekiston, Tojikiston va Rossiya mashg‘ulotlari qanday o‘tdi
Shu bilan birga harbiy ekspertlar “Rubej – 2021” Afg‘oniston bilan chegaradagi vaziyatni barqarorlashtirish uchun boshqa bilvosita vazifalarni ham bajaradi deb hisoblashadi.

Vaziyat jiddiy

KXTSh doirasidagi mashg‘ulotlar muntazam ravishda o‘tkazilib kelinadi: 20-yil ichida Markaziy Osiyo mintaqasi Tez kuchaytirish kollektiv kuchlari 10 qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkazdi. Ammo hozirgi mashg‘ulotlar avgust oyida Afg‘onistonda hukumat tepasiga “Tolibon”* kelishi va vaziyat keskinlashishi bilan bog‘liq, deydi E.M. Primakov nomidagi jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar milliy tadqiqot instituti ilmiy xodimi, harbiy ekspert Ilya Kramnik.
“Bu holatda Tashkilotga a’zo mamlakatlari afg‘on chegarasi tomonidan ehtimoliy hujum tahdidi va terrorizm yuzaga kelgan taqdirda ishga solishga to‘g‘ri keladigan javob qaytarish mexanizmini ishlab chiqishlari zarur”, - dedi u.
Kramnik “Tolibon”* harakati haligacha Rossiyada terrorchilik tashkiloti sifatida taqiqlangani va BMT Xavfsizlik kengashining terrorchilar ro‘yxatidan o‘chirilmaganini eslatadi.
Markaziy Osiyodagi vaziyatning murakkabligi haqida Anatoliy Sidorov ham gapirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mintaqadagi noxush vaziyat “Tojikiston Respublikasi bilan chegaradosh Afg‘onistondagi hukumat toliblar tomonidan egallanib olinishi ortidan” yuzaga kelgan.
Kuch birlikdadir: MOda harbiy o‘quv-mashqlar
Terrorchilik tahdidining jiddiyligini Tojikiston hukumatining “Rubej – 2021”ga o‘z harbiylarini jo‘natmaslik to‘g‘risidagi qarori ham tasdiqlaydi, deb hisoblaydi harbiy ekspert Yuriy Lyamin. Birinchidan, mashg‘ulotlar o‘tkazilayotgan paytda Tojikistonda mamlakat mustaqilligining 30-yilligiga bag‘ishlangan harbiy parad bo‘lib o‘tayotgandi. Ikkinchidan, oktabr oyida KXTSh aynan tojik-afg‘on chegarasida yangi mashg‘ulotlar o‘tkazadi.

Rossiya qurollanishi o‘smoqda

“Rossiya – bu KXTSh kuchlarining asosi, agar uning qurolli kuchlarini Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston kuchlari bilan taqqoslansa, - deydi Yuriy Lyamin. – Markaziy Osiyo mintaqasi uchun harbiy tahdid tug‘ilgan taqdirda Rossiya, shubhasiz, hujumni qaytarishga ko‘maklashadi, bu haqda Rossiya hukumati ham gapirgandi”.
Lyamin fikrini raqamlar tasdiqlaydi. Markaziy Osiyo mintaqasi Tez kuchaytirish kollektiv kuchlari matbuot markazi ma’lumotlariga ko‘ra, Qirg‘izistondagi “Rubej – 2021” bo‘lib o‘tgan “Edelveys” poligoniga ming nafardan ziyod harbiy xizmatchilar kelgan. Ulardan 500 nafari Rossiya harbiylari bo‘lgan. Shuningdek, Rossiya 120 donadan ortiq texnika taqdim etgan: tanklar, zirhlangan mashinalar, piyodaning jangovar mashinalari, o‘tsochar majmuaalar, Mi-8 transport-jangovar vertolotlar, “Tigr” zirhli avtomobillar va “Su-25” hujumchi samolyotlar.
“Mashg‘ulotlar ko‘p qavatli vazifalarni ifodalaydi”, - deb tushuntiradi harbiy ekspert, iste’fodagi polkovnik Viktor Litovkin. – Chegaralarni qo‘riqlay turib, bu texnikalarni tez, samarali va birgalikda ishga solishni bilish darkor, bunga esa bir-biri bilan to‘g‘ri o‘zaro hamkorlik qilgan holda erishish mumkin. Hatto bitta armiya doirasidagi mashg‘ulotlarni bu maqsadni ko‘zlaydi, bu yerda esa gap turli davlatlarning armiyasi haqida borapti”.
Litovkin Rossiya Qirg‘izistonning xavfsizligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratayotganiga aniqlik kiritadi. Qirg‘izistonning Chuy viloyatidagi “Kant” harbiy aerodromi Rossich Harbiy-havo kuchlari va havo hujumidan mudofaasining 14-armiyasi tarkibiga kiradi.
“Rossiya Qirg‘iziston qurolli kuchlari darajasini oshirishda qatnashapti, uni zamonaviy qurol va jangovar texnikalar bilan ta’minlayapti, - deydi Viktor Litovkin va misol tariqasida 2019-yilda Rossiya Qirg‘izistonga 2 ta vertolot va 9 ta zirhli mashina sovg‘a qilganini keltiradi (bundan tashqari, 2019-yilda Rossiya Qirg‘iziston chegara bo‘linmalari uchun mavjud inshootlarni texnik qayta qurollantirish va yangilarini qurishga 48,5 mln dollar ajratgan – tahr.) – Shuningdek, rossiyalik harbiylar qirg‘iz zobilariga bu texnikadan mohir qo‘llanishni o‘rgatishadi. Shu bois afg‘on tahdidi paydo bo‘lgunga qadar Rossiya Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan bir safda turardi, endi esa zarur bo‘lgan taqdirda ittifoqdosh davlatlar chegaralarini ikki karra himoya qilishga tayyor”.

Hamjihatlik namoyishi

Ilya Kramnik Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tgan mashg‘ulotlarni tahlil qila turib, ikki jihatni ajratish mumkinligini ta’kidlaydi. Birinchisi – amaliy. “Rubej – 2021” ssenariysiga binoan jangarilar KXTSh mamlakatlaridan biriga bostirib kirdi, shu bois Tashkilot maksimal ravishda zudlik bilan u yerga o‘z qo‘shinlarini tashlashishi kerak.
“Al-Qoida”* toliblarga qo‘shildi - Afg‘oniston qarshilik fronti
“Rubej – 2021”ning ikkinchi muhim jihati – bu KXTSh kuchlari uyg‘unligi va mintaqa mamlakatlari va Rossiyaning siyosiy birligini namoyish etish, deydi Kramnik. Viktor Litovkin uning fikriga qo‘shiladi. “Afg‘on tahdidi, ayniqsa davlatlarni jipslashtirdi, - deydi u. Qozog‘iston Afg‘oniston bilan chegaradosh emas, lekin radikallar O‘zbekiston yoki Tojikiston chegaralari orqali o‘tsa, terrorizm xavfi butun mintaqaga tarqaladi. Rossiya esa bu yerda barcha mamlakatlar chegaralarini mustahkamlashning tarkibiy qismi bo‘ladi”.
Ta’kidlash joizki, bugungi kunda KXTSh 2012-yilda Tashkilotdan chiqqan O‘zbekiston bilan hamkorlik qilmoqda, deya e’tibor qaratadi Yuriy Lyamin.
“O‘zbekistonning KXTShga qaytishi dargumon, biroq Tashkilot respublika bilan hamkorlik qilishga tayyorligini bildirmoqda, prezident Shavkat Mirziyoyev ham KXTShning avgustdagi navbatdan tashqari sammitida taklif qilingan mehmon sifatida qatnashdi. Toshkent tahdid darajasini tushunadi, shuning uchun, o‘ylaymanki, yaqin kelajakda umuman Rossiya va KXTSh bilan muvofiqlikni kuchaytiradi”, - deydi u.
* Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti