Tolibon* hukumatining inauguratsiyasi 11-sentabr kuniga belgilandi - manba

Tolibon* hukumatining inauguratsiyasi 11-sentabr kuniga belgilandi.
Sputnik
TOShKENT, 8 sen — Sputnik. Tolibon* hukumatining inauguratsiyasi 11-sentabr kuniga belgilandi, deb xabar bermoqda RIA Novosti manbasi.
Unga ko‘ra, marosimga Rossiya, Xitoy, Turkiya, Pokiston, Eron va Qatar taklif etilgan. Shuningdek, bosh vazir o‘rinbosari Barodar boshqa davlatlarni taklif qilish uchun Qatarga ketmoqda.
O‘zbekiston Afg‘onistonda muvaqqat hukumat tuzilganini olqishlaydi - TIV
Eslatib o‘tamiz, kuni kecha, 7-sentabr kuni toliblar* Afg‘onistonning yangi hukumati tarkibini e’lon qildi. Unga ko‘ra, mamlakat bosh vazirligi Muhammad Hasan Oxundga yuklangan, Abdulg‘ani Barodar uning o‘rinbosari bo‘ladi.
Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi etib Amir Xon Mutakkiy tayinlangan.
* Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik harakati.