Necha foiz aholi saylovda ishtirok etishga tayyor?

O‘zbekiston aholisining 88 foizi Prezident saylovida ishtirok etish uchun tayyorligini bildirdi.
Sputnik
TOShKENT, 8 sen — Sputnik. “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi “O‘zbekiston: Saylov – 2021” mavzusidagi so‘rovlarning uchinchi bosqichini o‘tkazdi.
Xorijda saylovchilarning elektron ro‘yxatini tuzish maxsus sayt ishga tushirildi
Telefon orqali o‘tkazilgan so‘rovlar monitoringi o‘zbekistonliklarning elektoral madaniyati yuqoriligidan va mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotiga faol qiziqish bildirayotganidan dalolat bermoqda.
Respondentlar mamlakatning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hayotiga oid yangiliklar va voqea-hodisalarni doimo (45,5%) va vaqti-vaqti bilan (36,3%) kuzatib borishadi.
O‘tkazilgan so‘rovnoma aholining bo‘lajak saylovlarda ishtirok etish istagi yuqori darajada (88%) ekanini ko‘rsatdi.