TOShKENT, 8 sen – Sputnik. Rossiyaning Qozon shahrida davom etayotgan 1-MDH o‘yinlarida bugungi kungacha basketbol, boks, belbog‘li kurash, sambo, erkin va yunon-rum kurashi bellashuvlari o‘z nihoyasiga yetdi.
8-sentabr holatiga ko‘ra, umumjamoa hisobida Rossiya 105 ta medal bilan birinchi, o‘zbekistonlik sportchilar esa 59 ta medal bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda. Keyingi o‘rinlarni Ozarbayjon, Qozog‘iston va Belarus vakillari band etishgan.
Bugun tay-boks, badminton, miltiqdan va stentdan o‘q otish, sport raqsi bo‘yicha bahslar bo‘lib o‘tmoqda.
O‘zbekistonlik sportchilar bu yo‘nalishlarda ham medallarga da’vogarlik qilishmoqda. Shuningdek, bugun kun davomida futzal bo‘yicha guruh bahslari o‘tkaziladi. Qur’a natijalariga ko‘ra, “A” guruhida Rossiya, O‘zbekiston, Moldova jamoalari, “B” guruhida esa Belarus, Ozarbayjon, Qirg‘iziston joy olgan.