Toshkentda o‘g‘il o‘z onasini rashk tufayli o‘ldirib qo‘ydi

O‘z onasini begona erkakdan rashk qilib, o‘ldirib qo‘ygan 25 yoshli o‘g‘ilga sud hukmi o‘qildi
Sputnik
TOShKENT, 7 sen - Sputnik. Toshkent shahar Shayxontohur tumanida 47 yoshli ayol rashk sabab o‘zining 25 yoshli o‘g‘li tomonidan pichoqlab, o‘ldirildi.
Bu haqda Oliy sud Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi boshlig‘i ma’lum qildi.
Farg‘onada o‘smirlar taksichini vaxshiylarcha o‘ldirib, dalaga tashlab ketishdi
Xabarda aytilishicha, farzandi kichikligida eri bilan ajrashib ketgan ayol begona erkaklar bilan munosabatda bo‘lishi, ba’zan ularni uyiga olib kelishi ortidan ona va o‘g‘il o‘rtasida doimiy tortishuvlar yuzaga kelib turgan.
Yillar davomida takrorlangan ushbu holat o‘g‘ilda onaga nisbatan kuchli nafrat tuyg‘usi shakllanishiga olib kelgan.
Shu tariqa, o‘g‘il 2021-yilning 16-mart kuni kechasi o‘z onasini begona erkakdan rashk qilib, oshxona pichog‘ini uning o‘ng tomon bo‘yin orqa yuzasiga sanchib, o‘ldirgan.
So‘ngra sodir etgan jinoyatni yashirish maqsadida jasadni o‘zi yashab kelgan xonadonning yerto‘lasiga ko‘mib qo‘ygan.
Qashqadaryoda ota mast holatda o‘g‘lini temir bo‘lagi bilan urib o‘ldirdi
Shundan so‘ng qotil 17-mart kuni mahalla inspektoriga onasini qidirib topishda yordam so‘rab, murojaat qilgan. Tekshiruvlar natijasida jasad qotillik alomatlari bilan topilgan.
Jinoyatchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-modasi (qasddan odam o‘ldirish) 1-qismiga ko‘ra, u aybiga to‘liq iqror bo‘lgani, uylanmagani kabi holatlarni inobatga olib, 10-yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.