TOShKENT, 7 sen – Sputnik. Sirdaryo viloyati Guliston shahrida bir qizni Rossiyaga fohishalik bilan shug‘ullanish uchun jo‘natayotgan fuqaro qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
DXXning Sirdaryo viloyat boshqarmasi bilan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda S.O‘. fuqaro N.ni Rossiyaga fohishalik bilan shug‘ullanish uchun Toshkent xalqaro aeroportiga olib ketayotgan vaqtida ushlangan. U qizga “Toshkent-Domodedovo” yo‘nalishi bo‘yicha aviachipta xarid qilgan. S.O‘.ning Rossiyada sherigi ham bo‘lgan. Ular bu ishni oldindan til biriktirib sodir etishmoqchi bo‘lishgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.