Shavkat Mirziyoyev O‘zLiDeP qurultoyida qatnashadi

Bundan tashqari, hafta davomida davlat rahbarining Paralimpiya o‘yinlari sovrindorlari bilan uchrashishi rejalashtirilgan.
Sputnik
TOShKENT, 6 sen – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev 9-sentabr kuni Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi qurultoyida ishtirok etadi. Bu haqda uning matbuot kotibi Sherzod Asadov brifingda ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.
Prezident bugun farmatsevtika sanoatida va Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan loyihalar taqdimoti bilan tanishadi.
Hafta davomida “1 million dasturchi” loyihasining ijrosi, Prezident maktablari va ixtisoslashgan maktablar faoliyati bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
Bundan tashqari, hafta davomida davlat rahbarining Paralimpiya o‘yinlari sovrindorlari bilan uchrashishi rejalashtirilgan.
Paralimpiada-2020: O‘zbekiston umumjamoa hisobida 16-o‘rinni egalladi