MDH o‘yinlarida o‘zbekistonliklar raqiblarini dog‘da qoldirishmoqda

Qozonda bo‘lib o‘tayotgan ilk MDH o‘yinlari doirasida O‘zbekiston terma jamoasi bir kunda 27 ta medalni qo‘lga kiritdi.
Sputnik
TOShKENT, 6-sentabr – Sputnik. Rossiyaning Qozon shahrida o‘tkazilayotgan MDH o‘yinlarining navbatdagi kuni O‘zbekiston vakillari uchun juda omadli keldi. 5-sentabr dasturidagi bahslarda terma jamoa a’zolari 27 ta medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Medallar boks va belbog‘li kurash bo‘yicha qo‘lga kiritildi. O‘zbekistonlik sportchilar har ikki sport turi bo‘yicha 7 tadan oltin medalga ega chiqishdi. Bundan tashqari, 12 ta kumush va 1 ta bronza medal delegatsiya hisobiga yozib qo‘yildi.
Bunday ulkan natijadan so‘ng O‘zbekiston vakillari jami 14 ta oltin, 14 ta kumush va 8 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.