Putin Afg‘onistondagi vaziyatni gumanitar falokat deb baholadi

Putin respublikada ro‘y berayotgan vaziyatni falokat, deb atadi. Bu haqda amerika analitiklarining o‘zlari aytishmoqda, deb ta’kidladi RF prezidenti.
Sputnik
TOShKENT, 3 sen - Sputnik. RF prezidenti Vladimir Putin Afg‘onistondagi holat gumanitar falokat deya bayonot qildi.
Toliblar Afg‘onistonning qariyb barcha hududini bosib oldi. Qobuldan shimoli-sharqda bo‘lgan Panjer ularga qarshilik ko‘rsatayotgan yagona mintaqa bo‘lib qolmoqda.
Putin respublikada ro‘y berayotgan vaziyatni falokat, deb atadi. Bu haqda amerika analitiklarining o‘zlari aytishmoqda, deb ta’kidladi RF prezidenti.
Afg‘onistonning yangi hukumatida ayol-vazirlar bo‘lmaydi – Tolibon*
Rossiya prezidenti AQShning Afg‘onistondagi harbiy kampaniyasidan erishilgan natijani nolga teng, deb hisoblaydi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar bu maqsadlar uchun kamida bir yarim trillion dollar sarflagan.
"Agar biz bugun Afg‘onistonda qoldirib ketilgan odamlarni, ya’ni kollektiv G‘arb, AQSh va uning ittifoqdoshlariga ishlagan va qoldirib ketilgan odamlarga qaraydigan bo‘lsak, bu gumanitar falokatdan boshqasimas", - deb bayonot qildi Putin Sharqiy iqtisodiy forumdagi chiqishida. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
Rossiya yetakchisi boshqa xalqlarni "madaniylashtirishga" bo‘lgan urinishni "xato siyosat" deya baholadi.
Amerika qo‘shinlarining Afg‘onistondan chiqarilishi 1-may kuni boshlanib, 30-avgust kuni yakunlandi. Ushbu fonda respublikada toliblar va hukumat kuchlari o‘rtasida mojaro avj olib ketdi. Respublika prezidenti Ashraf G‘ani BAAga qochdi.