Tokio-2020 g‘oliblari esdalik nishonlar bilan taqdirlanishdi

Besh nafar Olimpiya o‘yinlari sovrindorlari va ularning murabbiylariga Mustaqillikning 30-yilligi esdalik nishonlari topshirildi.
Sputnik
TOShKENT, 2 sen – Sputnik. Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlari sovrindorlari “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30-yilligi” esdalik nishonlari bilan taqdirlanishdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Tadbir MOQda bo‘lib o‘tdi. Unda Qo‘mita rahbariyati, sportchilar va ularning murabbiylari, sport faxriylari ham ishtirok etishdi. Sportchilardan tashqari ularning murabbiylari ham esdalik nishonlari bilan taqdirlanishgan.
Prezident Olimpiada chempionlarini va ularning ota-onalarini tabrikladi
Tokiodagi Olimpiya o‘yinlari 23-iyuldan 8-avgustga qadar bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston delegatsiyasi 3 ta oltin va 2 ta bronza medallarini jamg‘arib, umumjamoa hisobida 206 mamlakat orasida 32-o‘rinni egalladi. Osiyo davlatlari orasida keyin beshinchi, MDH mamlakatlari orasida ikkinchi, turkiy davlatlar orasida va Markaziy Osiyo mintaqasida birinchi bo‘ldi.
Olimpiadada bokschi Bahodir Jalolov, og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev va txaekvondochi Ulug‘bek Rashitov chempion bo‘lib, olin medalga sazovor bo‘lishdi. Erkin kurashchi Bekzod Abdurahmonov va dzudochi Davlat Bobonov “bronza”ga ega chiqdi.