Rossiyada migrantlar o‘rtasidagi mojarolar tufayli jarimalarni oshirishni taklif etishdi

Rossiya hukumati mehnat muhojirlari orasida tez-tez sodir bo‘layotgan ommaviy to‘qnashuvlar tufayli jazo choralarini kuchaytirishda davom etmoqda
Sputnik
TOShKENT, 2 sen — Sputnik. Rossiya Federatsiyasida ommaviy mushtlashuvlarda ishtirok etganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif etildi, deb xabar bermoqda Sputnik Tojikiston nashri.
Qonunchilikka o‘zgartirish kiritish tashabbusi RF Davlat dumasining xavfsizlik va korrupsiyaga qarshi kurash qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Anatoliy Viborniy tomonidan taklif etildi.
Viborniyning tushuntirishicha, jarima miqdorining 5 ming rublgacha ko‘tarilishi tiyib turuvchi omil bo‘ladi, sababi bu migrantlar uchun katta summadir.
Moskvadagi ommaviy mushtlashuvda ishtirok etgan 50 nafarga yaqin migrant “deport” qilindi
Siyosatchining aytishicha, jazo choralarini kuchaytirish zarurati chet el fuqarolari orasida tez-tez sodir bo‘layotgan mojarolar tufayli yuzaga kelgan.
So‘nggi vaqtlarda Rossiyada migrantlar orasida ommaviy mushtlashuv holatlari tobora ko‘paymoqda. RF IIV ommaviy mushtlashuvlarda ishtirok etadigan migrantlar deport qilinishi hamda ularga Rossiyaga takroriy kirish taqiqlanishini aytib ogohlantirdi.
Mushtlashuvlar asosan Moskva va Sankt-Peterburgda qayd etilmoqda. Ishtirokchilar orasida Markaziy Osiyo mamlakatlarining barcha vakillari ro‘yxatga olingan.