TOShKENT, 1 sen – Sputnik. Bilimlar kuni, 1-sentabrda Rossotrudnichestvo federal agentligi saytida Rossiyada oliy ta’lim istagida bo‘lgan xorijliklarni galdagi saralab olish boshlandi.
Yangi tanlov jarayoni o‘tgi yilgisidan nimasi bilan farqlanadi? Nima sababdan MDHda rus tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqish ortib bormoqda? Kvotalardan tashqari Rossiya OTMlarida yana qanday bepul o‘qishning muqobil usullari bor? Shu va boshqa savollarga Rossotrudnichestvo rahbarining o‘rinbosari Pavel Shevsov Sputnik agentligiga bergan eksklyuziv intervyusida so‘zlab berdi.
Nega Rossiya xorijliklarga kvota ajratadi?
2022-2023 o‘quv yili uchun Rossotrudnichestvo chet elliklar uchun kvotalar hajmini ko‘paytiradi – ular soni 23 mingtaga yetkaziladi. Taqqoslash uchun: joriy o‘quvi yilida agentlik 18 mingta kvota taqdim etdi, deydi Pavel Shevsov.
“Bir necha yil chet ellik talabalarning Rossiya Federatsisida ta’lim olishi uchun kvotalar sonini ko‘paytirish uchun ish olib borildi, - deya tushuntiradi u. – Bu mavzuda Davlat dumasi deputatlari ham, Sovet Federatsiyasi a’zolari ham gapirishdi. Mana bu Rossotrudnichestvo, Tashqi ishlar vazirligi va Ta’lim vazirligining hamkorlikdagi ishi o‘tgan yili RF Hukumati tomonidan kvotalarni ko‘paytirish to‘g‘risidagi qaror imzolanishiga olib keldi”.
175 ta mamlakat abituriyentlaridan Rossotrudnichestvo tanlovida ishtirok etish uchun arizalar kelib tushadi. Ammo MDH agentlik uchun ustuvor bo‘lib qolmoqda, deya ta’kidlaydi Shevsov.
“Kvotalar barcha MDH mamlakatlari uchun oshiriladi, ayrimlari uchun ko‘proq, ayrimlari uchun kamroq, deydi u. – Masalan, Tojikiston uchun kvota 630 tani tashkil etadi. Bu ko‘p, shuning uchun bu yerda kvotani kamroq ko‘paytiramiz, 750 tagacha”.
Shu tariqa, agentlik O‘zbekiston uchun kvotalar soni ko‘rsatgichini baravarlashtiradi. Kelgusi yili o‘zbekistonlik abituriyentlar ham 750 ta kvotaga umid qilishlari mumkin. Joriy yilda esa respublika uchun 405 ta kvota ajratilgandi.
Rossotrudnichestvo kvotalar hajmini taqsimlayotib, chet eldagi Rossiya elchilari va Rossiyaning yetakchi yirik kompaniyalari bilan maslahatlashadi, deya aniqlik kiritadi Pavel Shevsov.
“Biz mamlakatlar iqtisodiyotlaridan kelib chiqqan holda kadrlarni tayyorlaymiz. Kvotaning asosiy vazifasi – kishi Rossiyaga kelib, sifatli ta’lim olishi va vataniga qaytishi, o‘z mamlakatining iqtisodiy farovonligi uchun ishlashi. Istiqboldagi 4-6 yilda boshqa mamlakatlar iqtisodiyoti uchun dolzarb bo‘ladigan mutaxassisliklarga odamlarni taklif qilmoq zarur”, - deydi u.
MDH talabalari – eng faol
Pavel Shevsov talabalarning o‘zi ham ariza topshirishdan avval bozorni tahlil qilib ko‘rayotgani quvonarli hol ekanini qayd etdi.
“Biz tayyorlash yo‘nalishlaridagi jiddiy o‘zgarishlarni ko‘rapmiz va talabalar ilgaridek yurist-iqtisodchilikka Rossiyaga shunchalik o‘qish uchun kelishmayotganini tushunyapmiz. Hozir ular OTM reytinglarini kuzatishmoqda va ko‘proq klinika tibbiyoti, jamiyat taraqqiyoti bilan bog‘liq mutaxassisliklarni tanlashmoqda. IT-texnologiyalarga talab oshib bormoqda”, - deydi u.
Shevsov MDHdan bo‘lgan talabalar Rossotrudnichestvo tanlovining eng faol qatnashchilari ekanini qo‘shimcha qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya ta’limiga eng katta qiziqish Tojikiston hissasiga to‘g‘ri keladi. Masalan, bu yilgi 630 ta joyga 6 minga yaqin ariza kelib tushgan, ya’ni har bir budjet o‘ringa 9 kishi da’vogarolik qilgan.
“O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Belarus, Ozarbayjon, Armaniston ham faol”, - deya sanaydi Shevsov. – Biz MDHning Rossiya ta’limiga bo‘lgan qiziqishining o‘sishini taqriban baravar proporsiyalarda ko‘ramiz. Bu, avvalo, mamlakatlarimizning an’anaviy, tarixan yuzaga kelgan munosabatlari bilan tushuntiriladi. Shuningdek, biz rus tilini chel elda targ‘ib qiluvchi asosiy idora sifatida unga bo‘lgan qiziqishni ko‘rapmiz”.
Shevsov Ittifoq mamlakatlari ingliz, fransuz yoki turk tiliga e’tibor qaratib, turli til modellarini yaratishgan davr bo‘lganini ta’kidlaydi. Ammo bugungi kunda sobiq Ittifoq hududida savdo-iqtisodiy munosabatlar va ilmiy aloqalar rivojlanishi bilan rus tiliga bo‘lgan talab qaytgan. Rossotrudnichestvo rahbari o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, bu haqda Rossiya oliygohlaridagi nafaqat bakalavriat, balki magistratura dasturlariga bo‘lgan qiziqishning ortishi dalolat beradi.
“Rossiyada o‘qigan avlod o‘smoqda, ular bu ta’lim sifatli, hayotda yordam berishini tushunishadi. Va magistraturaga kelishadi, ya’ni yosh olim sifatida”, - deydi Pavel Shevsov.
Rossiyaga oliygohiga onlayn qanday kirish mumkin
Kvota olish uchun arizani onlayn, education-in-russia.com sayti orqali topshirish mumkin.
“Hammasi oson: kishi ro‘yxatdan o‘tadi, shaxsiy kabineti yaratiladi, u yerda Rossiyada qaysi mutaxassislik bo‘yicha ta’lim olmoqchi ekanini aniqlashtiruvchi bo‘lim bor. Masalan, sizni “Moliya va kredit” qiziqtiradi. Demak, siz bu yo‘nalishni tanlaysiz. Tizim “Moliya va kredit” yo‘nalishi bo‘yicha tayyorlaydigan barcha universitetlarni ko‘rsatadi. Ikkita Moskva, ikkita Sankt-Peterburg va ikkita mintaqaviy OTMni tanlash mumkin”, - deya tushuntiradi Shevsov.
Keyin abituriyent hujjatlar to‘plamini taqdim etishi kerak. “U ham osongina, - deya hikoya qiladi Pavel Shvetsov. – Shundan so‘ng shaxsiy kabinetda test sinovlari o‘tkaziladigan sana va vaqtdan xabar beruvchni xatni kutish kerak. Ularni onlayn topshirish zarur. Barcha mamlakatlar, Tojikiston va O‘zbekistondan tashqari, biz sinovlarni shu shaklda o‘tkazganmiz”.
Agar abituriyent saralash bosqichidan o‘tolmasa, bu Rossiya sari yo‘l yopilganini anglatmaydi, deb eslatadi Shevsov. “MDHdan bo‘lganlarning turli yo‘nalishlar bo‘yicha o‘qish imkoniyati bor, masalan, vatandoshlar uchun loyihalar, imtiyozli loyihalar ham bor”, - deydi u.
Shuningdek, Pavel Shvetsov Rossiyada ko‘plab olimpiadalar o‘tkazilishini qo‘shimcha qiladi. Rossotrudnichestvo qo‘llab-quvvatlaydigan eng mashhur xalqaro olimpiada “Open Doors” deb ataladi, deydi agentlik rahbari o‘rinbosari.
“Olimpiada – iqtidorli bolalarni aniqlashning universial va xolis usullaridan biri. Boshqa olimpiadalar ham bor, ixtisoslashgan. Bu universitetlar olimpiadalari, ularni kuzatish va qatnashish lozim”, - deya xulosa qildi Shevsov.