Harbiy ekspert: AQSh Afg‘onistonda o‘zidan keyin qurol, urush va xaosni qoldirdi

AQShning Afg‘onistonda qoldirgan "merosi" bilan Rossiya, Eron va Xitoy shug‘ullanishiga to‘g‘ri keladi.
Sputnik
TOShKENT, 1 sen — Sputnik. Harbiy ekspert, MDH mamlakatlari instituti Yevroosiyo integratsiyasi va ShHTni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Vladimir Yevseyev Sputnik Tojikiston bilan muloqotda AQSh qo‘shinlarining Afg‘onistondan olib chiqilishi mintaqa uchun qanday tahdidlarni yuzaga keltirishi mumkinligi haqida gapirdi.
Afg‘onistondagi missiyaning muvaffaqiyatsizlikka yuz tutishi SShA hukumatiga ularning imkoniyati cheklanganligini ko‘rsatdi, deya ta’kidladi ekspert.
AQSh hujumi oqibatida o‘ldirilgan afg‘on amerikaliklar bilan hamkorlik qilgan
Shu bilan birga, kontingentni chiqarish bilan Shtatlar qo‘shni davlatlar: Rossiya, Xitoy va Eron uchun holatni ancha murakkablashtirishga umid qilishmoqda.
AQSh o‘zidan keyin nafaqat qurol-yarog‘ va texnikani, balki o‘ta yaxshi ta’minlangan bazalarni ham qoldirib ketdilar, deb qo‘shimcha qildi Yevseyev.
Ekspertning fikricha, Afg‘onistondan bunday qochish demokratik partiyaga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, sababi, hukumat soliq to‘lovchilar pulini maqsadga muvofiq sarflamadi, bunday holatlar esa AQShda ko‘pam yaxshi qarshi olinmaydi.