YeI qochoqlarni qabul qiladi Afg‘oniston qo‘shnilariga moliyaviy yordam bermoqchi - OAV

Yevropa Ittifoqi afg‘on qochoqlarini qabul qilish evaziga Afg‘oniston qo‘shnilari - O‘zbekiston, Tojikiston, Pokiston va Eronga moliyaviy yordam bermoqchi – OAV.
Sputnik
TOShKENT, 1 sen — Sputnik. Yevropa ittifoqi Afg‘onistonning qo‘shnilariga, agar ular afg‘on qochoqlariga boshpana bersa, 600 million yevro miqdorida moliyaviy yordam taklifini tayyorlamoqda. Bu haqda Brusseldagi rasmiylarga asoslanib, Financial Times xabar berdi.
Ko‘plab Yevropa davlatlari Afg‘onistonda tolib*larning hokimiyat tepasiga kelishi 2015-yilda yuz minglab suriyalik qochoqlar Yevropa Ittifoqi davlatlariga yopirilib kelgani singari inqirozni keltirib chiqarishidan xavotir bildirdi.
TIV afg‘on qochoqlari uchun chegara ochilganini rad etdi
O‘sha vaqtda YeI noqonuniy migrantlarni o‘zida ushlab turish va Yevropaga kiritmasligi uchun Turkiyaga mablag‘ taklif qilgandi.
Gazeta yozishicha, endi Yevropa Ittifoqi rasmiylari Pokiston, O‘zbekiston, Tojikiston va hatto xalqaro sansiyalar ostida bo‘lgan Eronga moliyaviy yordam ko‘rsatishga tayyor.
Bugun YeI ichki ishlar vazirlari favqulodda yig‘ilish o‘tkazib, Amerika to‘liq qo‘shinlari olib chiqilgandan keyin Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qilishdi.
Uchrashuvdan so‘ng, "hozir eng muhimi - mintaqaga to‘g‘ri signal yuborish: u yerda qoling - va biz odamlarga yordam berish uchun mintaqaga yordam ko‘rsatamiz", - deb aytishdi Avstriya, Daniya va Chexiya vazirlari.
* Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik harakati.