“Yangi O‘zbekiston” majmuasida Mustaqillik monumenti ochilmoqda

Sputnik
TOShKENT, 31 avg – Sputnik. Toshkent viloyatining poytaxtga tutash qismida, Qibray tumanida barpo etilgan "Yangi O‘zbekiston" bog‘ining ochilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda.
Mustaqillikning 30-yilligiga bag‘ishlangan "Yangi O‘zbekiston" majmuasi va Mustaqillik monumentining ochilish marosimida prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etmoqda.
“Agar yuqoridan nazar tashlasangiz, bog‘ning shakli ulkan daraxtning beshta shoxiga o‘xshaydi. Bu Harakatlar strategiyasining beshta ustuvor yo‘nalishini ifoda etadi. Bu go‘zal bog‘da poytaxtimiz aholisi, Toshkent viloyati va barcha hududlarimizdan, xorijdan keladigan mehmonlar yayrab dam olishi, oilasi, farzandlari bilan birga mazmunli hordiq chiqarishi uchun barcha zamonaviy sharoitlar yaratilmoqda”, - dedi prezident.
Mirziyoyev majmua yonida Olimpiya shaharchasi bunyod etilishi, unda 2025-yili Yoshlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlarining asosiy musobaqalari o‘tkazilishini ma’lum qildi. Majmua hududida zamonaviy oliy ta’lim dargohi, tibbiyot klinikalari, xalqaro ko‘rgazma markazlari va boshqa obyektlardan iborat shaharcha qurilmoqda.
1 / 6
Sostoyalos torjestvennoe otkritie parka "Yangi Uzbekiston" i monumenta Nezavisimosti.
2 / 6
Sostoyalos torjestvennoe otkritie parka "Yangi Uzbekiston" i monumenta Nezavisimosti.
3 / 6
Sostoyalos torjestvennoe otkritie parka "Yangi Uzbekiston" i monumenta Nezavisimosti.
4 / 6
Sostoyalos torjestvennoe otkritie parka "Yangi Uzbekiston" i monumenta Nezavisimosti.
5 / 6
Sostoyalos torjestvennoe otkritie parka "Yangi Uzbekiston" i monumenta Nezavisimosti.
6 / 6
Sostoyalos torjestvennoe otkritie parka "Yangi Uzbekiston" i monumenta Nezavisimosti.
Bog‘ mazmuni milliy davlatchilik tarixi, xalqning bugungi intilishlari va Uchinchi Renessans maqsadlarini o‘zida mujassam etgan. 104 gektarlik bog‘ning umumiy ko‘rinishi Harakatlar strategiyasi yo‘nalishlariga monand daraxtning beshta shoxi shaklidadir. Bu yerda odamlar tabiat qo‘ynida dam oladigan so‘lim hududlar barpo etilgan.
Bog‘ hududida "Istiqlol" majmuasi qurilgan. Unda O‘zbekistonning 3 ming yillik tarixi, ajdodlarning buyuk ishlari, O‘zbekistonning yangi qiyofasi namoyon etilgan.
Qator davlat rahbarlari Shavkat Mirziyoyevni Mustaqillik kuni bilan qutlashdi