O‘zbekiston AQShni toliblarning “ashaddiy dushmanlarini” chiqarib yuborish haqida ogohlantirdi

Afg‘onistonda hukumatni toliblar egallab olgandan so‘ng mamlakatdan bir guruh harbiylar O‘zbekiston tomon qochgan.
Sputnik
TOShKENT, 31 avg – Sputnik. Hududiga bir guruh afg‘on uchuvchilari qochgan O‘zbekiston hukumati AQShdan ularni “Tolibon”* harakati bilan “keskin munosabatlardan qochish” maqsadida tezroq boshqa uchinchi mamlakatga ko‘chirishni so‘ramoqda. Bu haqda Amerikaning “The Wall Street Journal” gazetasi o‘z manbalariga tayangan holda yozmoqda.
Afg‘onistonda hukumatni toliblar egallab olgandan so‘ng mamlakatdan bir guruh Harbiy-havo kuchlari uchuvchilari O‘zbekistonga qochgan.
Mudofaa vazirligi O‘zbekiston hududida afg‘on Qurolli kuchlari samolyoti qulaganini tasdiqladi
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, bortida yuzlab odamlar – uchuvchilarning hamkasblari va qarindoshlari bo‘lgan 46 ta samolyot va vertolotlar haqida bormoqda.
Ta’kidlanishicha, harbiy uchuvchilar toliblarning “eng ashaddiy dushmanlaridan biri” sanaladi chunki ular o‘nlab yillar davom etgan to‘qnashuvlarda ko‘plab qurbonlar olib kelgan.
O‘zbekistonga jami shu yo‘l bilan 585 afg‘onlar kelgani aytilmoqda, hozir ular COVID-19 bemorlari uchun mo‘ljallangan vaqtinchalik gospitallarda yashashmoqda.
Shu bois Toshkent Vashingtondan Kobul bilan munosabatlarni keskinlashtirishning oldini olish uchun Afg‘oniston fuqarolarini tezroq uchinchi mamlakatlarga olib ketishni so‘ramoqda.
O‘zbekistonda urib tushirilgan afg‘on HHK samolyoti uchuvchilari reanimatsiyadan chiqarildi
AQSh Davlat departamenti mazkur holatga munosabat bildirgan: “Ularning uzoq muddatli xavfsizligini ta’minlash borasida mavjud barcha imkoniyatlarni ishga solgan vaqtimizda O‘zbekiston hukumati afg‘onlarni qabul qilishni davom etayotgani sabab minnatdorchilik bildiramiz”.
* Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
TIV afg‘on qochoqlari uchun chegara ochilganini rad etdi