TOShKENT, 31 avg — Sputnik. Namangan viloyat perinatal markazida bir yo‘la uch chaqaloq dunyoga keldi, deb xabar qildi SSV matbuot xizmati.
Norin tumanining Norinkapa kishlog‘ida yashovchi Ra’noxon Salamovaning qizaloqlarining vazni 2-2,5 kg atrofida.
Egizaklar sog‘lom va baquvvat tug‘ilgani aytilmoqda.
Oila a’zolari bu xushxabarni Mustaqillik ayyomi bilan qo‘shaloq shodiyona sifatida nishonlamoqdalar.