TOShKENT, 31 avg - Sputnik. Islom rivojlanish banki (IRB) prezidenti doktor Muhammad Al Josir 1-4 sentabr kunlari bo‘lib o‘tadigan IRB guruhining yillik yig‘ilishida ishtirok etish uchun Toshkentga yetib keldi va bosh vazir o‘rinbosari, Investitsiya va tashqi savdo vaziri Sardor Umurkzoqov tomonidan qabul qilindi.
Toshkent 2021-yilning 9-avgustida IRB rahbari lavozimiga saylanganidan so‘ng doktor Al Josir tashrif buyurgan ilk shahardir.
Muhammad Al Josir tashrifining birinchi kunida Toshkentning tarixiy joylari - Oloy bozori, Hazrati Imom majmuasi va Amir Temur muzeyida bo‘lib va odamlar bilan muloqot qildi va o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashar ekan, O‘zbekiston xalqining mehmondo‘stligi va mamlakat tarixiy merosini yuksak baholadi.
D-r Al Josirning ta’kidlashicha, rivojlanishning insonga yo‘naltirilgan instituti sifatida, IRB kishilarni kambag‘allikdan xalos qiladigan, hukumatning o‘z fuqarolarini farovonligi yo‘lida salohiyatini mustahkamlash va milliy rejalarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan loyihalarga mo‘ljallangandir.
O‘zbekiston xalqi bilan o‘zaro faoliyatga sharh berar ekan, D-r Al Josir bunday dedi: "Rivojlanish xalqqa nisbatan va xalq uchun sodir bo‘ladi. Keyingi 46-yil mobaynida IRB iqtisodiy jihatdan hayotiy loyihalar orqali oddiy insonlarning hayotini yaxshilashga yo‘naltirildi. Odamlar bilan o‘zaro faoliyatim 2030-yilga borib O‘zbekistonni yuqori va o‘rta daromaddli sanoati rivojlangan mamlakatga aylantirish bo‘yicha istiqbolni qo‘llab-quvvatlash uchun O‘zbekiston hukumati bilan ishlash uchun qat’iyatimni mustahkamladi. IRB milliy ustuvor maqsadlarga katta e’tibor qaratadi", - dedi u.