TOShKENT, 30 avg – Sputnik. Jizzax shahrida bir ayolni zo‘rlab, uni tunab ketgan bir guruh shaxslar qo‘lga olindi.
“Postda” nashri xabariga ko‘ra, shaharning “Sayiljoyi” mahallasida yashovchi N.X. ichki ishlar organlariga ariza bilan murojaat qilgan. Ayolning so‘zlariga ko‘ra, uni tungi soat 02:30.lar atrofida ko‘chada bir necha shaxs “Nexia”ga majburlab mindirib olib ketgan.
Keyin erkaklar uni “Obod” mahallasi hududida zo‘rlashgan. Bundan tashqari, sumkasida bo‘lgan uyali aloqa vositasi va 100 ming so‘m pulini olib qo‘yishgan.
Ushbu jinoyatni sodir etganlikda gumonlanib J.Sh., D.N., J.Yu. hibsga olingan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.