Surxondaryoda “Malibu” haydovchisi yo‘lda ketayotgan yuk mashinasini o‘qqa tutdi

Boysun tumanida haydovchi "KamAZ" yuk mashinasiga pnevmatik to‘pponcha bilan 2-marta o‘q uzgan.
Sputnik
TOShKENT, 29 avg — Sputnik. Surxondaryo viloyati Boysun tumanida yuk mashinasini pnevamatik to‘pponchasidan o‘qqa tutgan haydovchiga qarshi jinoiy ish ochildi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, hodisa 27-avgust kuni soat 16:34 atrofida tumanning Shifobuloq mahallasi hududidan o‘tuvchi M-39 avtomobil yo‘lida ro‘y bergan. "Malibu" haydovchisi D.M. "KamAZ" yuk mashinasiga qarata to‘pponchadan 2-marta o‘q uzgan.
Qarshilik erkak do‘stining ko‘ziga to‘pponchadan o‘q uzdi
Hozirda to‘pponcha, 1 dona magazin va o‘qlar tekshirib ko‘rish uchun hujjatlashtirib olingan.
D.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) 3-qismi "b" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.