ArMI-2021: o‘zbekistonlik desantchilar “ta’qib poygasida” ikkinchi bo‘lishdi

ArMI-2021 “Desant vzvodi” xalqaro musobaqasining uchinchi bosqichi Rossiyaning Razan viloyatidagi “Dubrovichi” poligonida bo‘lib o‘tdi.
Sputnik
TOShKENT, 29 avg — Sputnik. O‘zbekistonlik desantchilar ArMI-2021 “Desant vzvodi” xalqaro musobaqasining uchinchi bosqichi doirasida ta’qib poygasida ikkinchi bo‘lishdi.
Musobaqalar Rossiyaning Razan viloyatidagi “Dubrovichi” poligonida bo‘lib o‘tdi. Musoqaba doirasida jamoalar ekipajlari jangovar BMD-2 va BTR-82A mashinalarida o‘z mahoratlarini ko‘rsatishdi.
Avvaliga harbiylar 3,2 kilometr masofani tezlikda bosib o‘tishdi, keyin masofalardagi nishonlarni yakson qilishda kuch sinashishdi. Ular 600, 700, 800, 1300, 1400 va 1500metr masofadagi nishonlarni aniq mo‘ljalga olishdi.
Musobaqa yakuniga ko‘ra birinchi o‘rin Rossiya, ikkinchi o‘rin esa O‘zbekiston jamoasiga nasib etdi. Belarus harbiylari uchinchi bo‘lishdi.