TOShKENT, 28 avg — Sputnik. Bugun ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyatida vaksina olgandan keyin ahvoli og‘irlashgan fuqaro haqida video lavha tarqaldi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi bu vaziyatni nazoratga oldi. Bemorning ahvolini o‘rganish va bu holat nima sababdan yuz berganiga aniqlik kiritish maqsadida tezkor mutaxassislar guruhi tuzildi.
Ishchi guruh tarkibiga mamlakatining tajribali infeksionist, reanematolog, oftalmolog, virusolog, immunolog, nevropatolog, psixolog kabi mutaxassislari kiritildi.
O‘rganish natijalari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
Shu paytgacha respublikada qo‘llanilayotgan vaksinalar bilan emlangan aholi vakillarida birorta jiddiy salbiy ta’sir kuzatilmagan, deb eslatdi vazirlik.