TOShKENT, 28 avg — Sputnik. Bugun Tokioda o‘tayotgan Paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston sportchilari yana 1ta oltin, 2ta kumush va 1ta bronza medalni qo‘lga kiritdi.
Xususan, para dzudo bahslarida erkaklar o‘rtasida -73 kg vazn toifasida Feruz Saidov finalda qozog‘istonlik Temirjan Daulet ustidan ippon bahosi evaziga g‘alaba qozondi va oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Chleni sbornoy Uzbekistana na Paralimpiade v Tokio-2020
Para pauerlifting bo‘yicha ayollar o‘rtasida -61 kg vazn toifasida Ro‘za Qo‘ziyeva 130 kg toshni bo‘ysundirgan holda kumush medalga sazovor bo‘ldi.
Ruza Kuziyeva
© Natsionalniy olimpiyskiy komitet Uzbekistana
Para dzudo bahslarining ayollar o‘rtasida -57 kg vazn toifasida Parvina Samandarova finalda ozarbayjonlik Sevda Valiyevaga qarshi o‘z bahsini yakunladi.
Chleni sbornoy Uzbekistana na Paralimpiade v Tokio-2020
Samandarova vazari bahosi evaziga raqibasiga imkoniyatni boy berib, Paralimpiya o‘yinlarining kumush medaliga sazovor bo‘ldi.
Para dzudo bahslarida ayollar o‘rtasida -63 kg vazn toifasida Nafisa Sheripboyeva bronza medal uchun kechgan bahsda ispaniyalik Marta Archega qarshi tatamiga chiqdi.
Chleni sbornoy Uzbekistana na Paralimpiade v Tokio-2020
Qiziqarli kechgan kurashda Sheripboyeva ippon bahosi evaziga 10:0 hisobida g‘alaba qozondi va bronza medalga sazovor bo‘ldi.
Para dzudo bahslarida erkaklar o‘rtasida -81 kg vazn toifasida Dovurxon Karomatov oltin medal uchun kechgan final bahsida ishtirok etdi.
Chleni sbornoy Uzbekistana na Paralimpiade v Tokio-2020
Finalda unga ozarbayjonlik Xuseyn Raximli raqiblik qildi. “Oltin ochkolar”ga qadar kechgan kurashda Karomatov ippon bahosi bilan imkoniyatni boy berdi va kumush medalga sazovor bo‘ldi.
O‘zbekiston hisobidagi medallar soni 11 taga yetdi: 4 ta oltin, 4 ta kumush va 3 ta bronza.