TOShKENT, 28 avg — Sputnik. Tokioda o‘tayotgan Paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston sportchilari yengil atletikadan 2ta oltin va 1ta bronza medalni qo‘lga kiritdi.
Para yengil atletikaning nayza uloqtirish turida F13 klassida o‘zbekistonlik Nozima Qayumova 42,59 metr natija bilan birinchi bo‘ldi va ikki karra Paralimpiya chempioniga aylandi. Nozima Rio-2016da ham oltin medalni qo‘lga kiritgandi.
Nozimaxon Kayumova
© Natsionalniy olimpiyskiy komitet Uzbekistana
Disk uloqtirish sport turida F57 klassida Mohigul Hamdamova ham chempion bo‘ldi. U 31,46 metr natija bilan 1-o‘rinni egalladi.
Moxigul Xamdamova
© Natsionalniy olimpiyskiy komitet Uzbekistana
Erkaklar o‘rtasida F12 klassida yadro uloqtirish bo‘yicha finalda qatnashgan Elbek Sultonov esa 15,94 metr natija bilan bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Elbek Sultonov
© Natsionalniy olimpiyskiy komitet Uzbekistana
O‘zbekiston hisobidagi medallar soni 6taga (3ta oltin, 1ta kumush, 2ta bronza) yetdi. Bungacha para suzuvchi Islombek Aslanov bronza, uzunlikka sakrashda Asila Mirzayorova kumush, dzudochi Uchqun Quronboyev oltin medalni qo‘lga kiritgandi.
O‘zbekiston umumjamoa hisobida 12-o‘ringa ko‘tarildi.