TOShKENT, 27 avg — Sputnik. Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi konsulligi Rossiya fuqaroligini olish uchun hujjatlarni qabul qilishni qayta boshladi, deb xabar berdi elchixona Telegram-kanali.
Ota-onasidan biri Rossiya Federatsiyasi fuqarosi bo‘lgan 14 yoshdan oshgan bolalar va ilgari SSSR fuqaroligi bo‘lgan yoki uning hududida yashagan va boshqa davlatlarning fuqaroligini olmagan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar Rossiya pasportini olishlari mumkin. Barcha kerakli blankalar va ularni to‘ldirish namunalari konsullik veb-saytida ko‘rsatilgan.
Fuqarolik rasmiylashtirilayotgan barcha shaxslar elektron navbat orqali qabulga yozilishi kerak. 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar konsulxonaga kelishlari shart emas, ularning ota-onalari kelishi yetarli bo‘ladi. 14 yoshdan oshgan bolalar konsullikka shaxsan keladi.
Rossiya elchixonasi fuqarolik olishda yordam beradigan har xil xizmat ko‘rsatish stollari, "elchixona yaqinidagi" idoralar va huquqshunoslar elchixonaga hech qanday aloqasi yo‘qligi haqida ogohlantirdi.