O‘zbekistonda pomidordan koronavirusga qarshi vaksina yaratildi

Laboratoriya sharoitida yetishtirilayotgan pomidor ko‘chatlari ikki oydan so‘ng hosil beradi. Ushbu poliz mahsulotining iste’moli koronavirusga qarshi emlanganlikka tenglashtiriladi.
Sputnik
TOSHKENT, 27 avg – Sputnik. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi qoshidagi Genomika va bioinformatika markazi olimlari pomidordan koronavirusga qarshi vaksina yaratdi. Bu haqda "Zamon" nashri xabar berdi.
Markaz mutaxassisining ma’lumotlariga ko‘ra, laboratoriya sharoitida yetishtirilgan pomidor iste’mol qilinsa, oshqozonda mahsulot hujayralari parchalanadi. Shundan so‘ng hujayralarning ichida antigen hosil bo‘ladi.
Kelgusida homilador ayollar va bolalar ham emlanishi mumkin
Ushbu loyiha yuzasidan olimlarning tajribalari joriy yilning yanvar oyidan buyon davom etmoqda. Ma’lum qilinishicha, ushbu tajribaga bodring va pomidor kabi mahsulotlar tanlanishi bejizga emas, chunki ularga termik ishlov berilmaydi. Mahsulotlar yuqori haroratda pishirilganda, antitanachalar hosil qiluvchi vaksinalar parchalanib ketadi.
Oziq ovqat mahsulotlari orqali emlash tajribasi hozirda Rossiya va Kanadada sut va jo‘xori mahsulotlarida qo‘llanilmoqda. Ushbu tajribalarning ham klinik sinovlari yakuniga yetgan.
Otabekov tan olinmayotgan sertifikat, gibrid-vaksinatsiya va pandemiyadagi saylovlar haqida
Koronavirus infeksiyasiga samarali kurash olib borish ustida ilmiy izlanishlar bu bilan cheklanayotgani yo‘q.
Bir muddat ilgari esa Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov shu kunlarda O‘zbekistondagi xalqaro allergologiya markazi Vena universiteti bilan hamkorlikda katta loyiha ustida ish olib borayotgani haqida xabar bergan edi.
Vazir so‘zlariga ko‘ra Qoramol koronavirusga qarshi vaksina bilan emlansa, jonivor sutida immunoglobin – A paydo bo‘ladi. Bu sutni pishirmasdan ichilsa, inson organizmda virusga qarshi immunitet hosil bo‘ladi va u koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashadi.