TOShKENT, 26 avg – Sputnik. O‘zbekiston Oliy sudi XX asr boshida qatag‘on bo‘lgan 115 kishini oqladi. Bu haqda sud matbuot xizmati xabar bermoqda.
Respublikasi Bosh prokuraturasi 1920-30 yillarda qatag‘on bo‘lgan shaxslarga nisbatan oltita jinoyat ishlari yuzasidan tegishli tartibda Oliy sudning Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga protestlar keltirgan.
“2021 yil 25-avgust kuni ushbu jinoyat ishlari Oliy sud raisi o‘rinbosari Ikrom Muslimov raisligida o‘tkazilgan ochiq sud majlislarida ko‘rib chiqilib, keltirilgan protestlar qanoatlantirildi va JPKning 83-moddasiga asosan jami 6 ta jinoyat ishi bo‘yicha 115 nafar shaxs oqlandi”, - deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 2020-yil 8-oktabrdagi mamlakat prezidentining “Qatag‘on qurbonlarining merosini yanada chuqur o‘rganish va ular xotirasini abadiylashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoyishi qabul qilingan edi.