Kobul aeroportida portlash yuz berdi

Kobul aeroporti kirish qismida portlash yuz berdi.
Sputnik
TOShKENT, 26 avg — Sputnik. Kobul aeroporti darvozasida portlash yuz berdi, deb xabar qildi WSJ nashri.
Bu ma’lumotni Pentagon rasmiy vakili Ljon Kirbi tasdiqladi.
Kobul aeroportida Italiya harbiy samolyoti o‘qqa tutildi
Bundan keyin otishma boshlandi. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, portlash xudkush- terrorchi tomonidan amalga oshirildi, qurbon va yaradorlar bor.
Al Jazeera xabar berishicha, kamida 15 kishi yaralandi. Shuningdek, 3 nafar AQSh askari yarador bo‘lgani haqida Fox nashri xabar qildi.
Bundan oldin, bu aeroportda Italiya harbiy samolyoti o‘qqa tutilgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Afg‘onistonda Tolibon* hokimiyatni egallashi

Avgust oyining o‘rtalarida Tolibon a’zolari* poytaxt Kobulga kirib, prezident saroyini egallashdi.
Shundan so‘ng mamlakat haqiqiy xaos boshladi: mahalliy aholi o‘z mamlakatini vahima bilan tark etishga urinmoqda.
Ba’zilar buni uddalashdi. Ayni paytda Kobul aeroportidan chet el fuqarolarini evakuatsiya qilish davom etmoqda. Germaniya, Polsha va boshqa mamlakatlar o‘z vatandoshlarini olib ketmoqda.
Afg‘onistonni tark etishning yagona yo‘li – havo yo‘l orqali, barcha quruqlik chegaralari hozir Tolibon* nazorati ostida.
* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik harakat.