ArMI-2021: o‘zbek harbiy oshpazlari yana birinchi o‘rinni qo‘lga kiritishdi

“Dala oshxonasi” yo‘nalishidagi “Taom tayyorlash” shartining ikkinchi bosqichi - “Baliq go‘shtidan taom tayyorlash” bahslari nihoyasiga yetdi.
Sputnik
TOShKENT, 26 avg — Sputnik. “Forish” poligonida “ArMI-2021” Xalqaro armiya o‘yinlarining “Dala oshxonasi” yo‘nalishidagi “Taom tayyorlash” shartining ikkinchi bosqichi - “Baliq go‘shtidan taom tayyorlash” bahslari nihoyasiga yetdi.
Uzbekskie voyennie povara zanyali pervoe mesto v promejutochnom etape dissiplini - "Polevaya kuxnya".
Jamoalar 4 soat davomida baliq mahsulotlaridan qovurilgan, qaynatilgan hamda dimlangan holda taom tayyorlashdi. Shuningdek, qo‘shimcha ballarni to‘plash uchun gazak hamda sharbat tayyorlab taqdim etishdi.
ArMI-2021: O‘zbekiston harbiylari “Dala oshxonasi” tanlovi ilk bosqichida yuqori baholandi
Bu bosqich yakunida jamoalarning turli xil usulda tayyorlagan taomlari xakamlar hay’ati quyidagicha baholadi: O‘zbekiston – 190 ball; Rossiya – 181 ball; Belarus – 159 ball; Vyetnam – 142 ball; Tojikiston – 123 ball.
Uzbekskie voyennie povara zanyali pervoe mesto v promejutochnom etape dissiplini - "Polevaya kuxnya".
Jamoalar endilikda yana 3 kun davomida shartli va berilgan masalliqlarga ko‘ra taom hamda non va non mahsulotlarini tayyorlash borasida bellashadi.
Kuni kecha O‘zbekiston harbiy oshpazlari “Berilgan oziq-ovqat mahsulotlaridan erkin taom tayyorlash” bosqichida 188 ball bilan birinchi o‘rinni olgandi.