TOShKENT, 25 avg – Sputnik. Tokioda boshlangan Paralimpiya o‘yinlarining dastlabki kunida O‘zbekiston vakili Islom Aslanov para-suzish bahslarida bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar bermoqda.
Erkaklar o‘rtasida 100 metrga batterflyay usulida suzish bahsida 2 nafar o‘zbekistonlik sportchi final dasturida qatnashdi. Islom Aslanov 57.12 soniya natija qayd etdi va bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Ushbu dasturda qatnashgan Muzaffar Tursunxo‘jayev esa 57.44 soniya bilan beshinchi pog‘onani band etdi.
Xuddi shu yo‘nalishda ayollar toifasida ishtirok etgan Shohsanamxon Toshpo‘latova esa to‘rtinchi natijani ko‘rsatdi.