O‘zbekistondan 91 nafar fuqaro ishlash uchun Rossiyaga jo‘nab ketdi

50 kishi Vladivastokka, 9 kishi Moskvaga va 32 kishi Chelyabinskka ishlash uchun jo‘nab ketdi.
Sputnik
TOShKENT, 25 avg – Sputnik. O‘zbekistondan 91 nafar fuqaro ishlash uchun Rossiyaga jo‘natildi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, agentlik hamda Rossiyaning Vladivostok viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan "Russkiy mintay" MChJ o‘rtasida dengiz maxsulotlarini qayta ishlash uchun bo‘sh ish o‘rinlariga O‘zbeksiton fuqarolarini ishga jalb qilish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.
Qirq nafar fuqaro ishlash uchun Rossiyaga jo‘nab ketdi
Unga asosan, tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan fuqarolarning 50 nafari belgilangan tartibda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, sug‘urta xizmatlari ko‘rsatilgan. Migrantlar Farg‘ona xalqaro aeroporti orqali Vladivastokka jo‘nab ketgan. Yo‘l va turar joy xarajatlari ish beruvchi tomonidan qoplangan.
Shuningdek, agentlik va Rossiyaning "MobiStaff" korxonasi o‘rtasida imzolangan kelishuvga asosan 9 nafar fuqaro Toshkent Moskva yo‘nalishidagi aviareys orqali jo‘nab ketgan.
Bundan tashqari, "Promekskavatsiya" korxonasi o‘rtasida imzolangan kelishuvga asosan 32 nafar fuqaro Buxoro–Chelyabinsk yo‘nalishidagi aviareys orqali ishlash uchun tashkiliy tartibda Rossiyaga jo‘natilgan.