Qarshilik erkak do‘stining ko‘ziga to‘pponchadan o‘q uzdi

Cho‘milish davomida ikki do‘st o‘zaro tortishib qolgan va I.B. yonidagi pnevmatik to‘pponcha bilan suvga tushgan V.F.ning ko‘z sohasiga bir marotaba o‘q uzgan.
Sputnik
TOShKENT, 24 avg - Sputnik. Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida ko‘lga cho‘milgani borgan erkak do‘stining ko‘ziga to‘pponchadan o‘q uzib, og‘ir tan jarohati yetkazdi.
Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, 10-avgust kuni kunduzi I.B. ismli shaxs tanishi V.F. bilan Nishon tumani Nuriston shaharchasidagi ko‘lga cho‘milishga borgan.
Do‘stini qaynoq suvli quduqdan qutqargan bola medal bilan taqdirlandi
Cho‘milish davomida ikki do‘st o‘zaro tortishib qolgan va I.B. yonidagi pnevmatik to‘pponcha bilan suvga tushgan V.F.ning ko‘z sohasiga bir marotaba o‘q uzgan.
Shundan so‘ng V.F. Qashqadaryo viloyati Ko‘z kasalliklari shifoxonasiga o‘z ehtiyotsizligi oqibatida jarohat olganini ma’lum qilib, tibbiy yordam so‘rab borgan, biroq holat bo‘yicha IIBga murojaat qilmagan.
Viloyat Ko‘z kasalliklari shifoxonasining yo‘llanmasi bilan Toshkent shahriga kelgan V.F.ni Respublika Ko‘z kasalliklari klinikasida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazgan shifoxona ma’muriyati holat yuzasidan ichki ishlar organlariga xabar bergan.
Ushbu xabar yuzasidan to‘plangan hujjatlar Qarshi tumani IIBda qayd etilib, jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.