OAV: Amerika MRB rahbari “Tolibon”* siyosiy ofisi yetakchisi bilan yashirincha uchrashdi

“The Washington Post” AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi direktori “Tolibon”* harakati siyosiy yetakchilaridan biri bilan yashirincha uchrashganini xabar qildi.
Sputnik
TOShKENT, 24 avg – Sputnik. AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi (Central Intelligence Agency, CIA) direktori Uilyam Berns “Tolibon”* harakati siyosiy yetakchilaridan biri Abdul G‘ani Barodar bilan yashirincha uchrashdi. Bu haqda “The Washington Post” Amerika ma’muriyatidagi manbalariga tayangan holda xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, uchrashuv 23-avgust kuni Kobulda bo‘lib o‘tgan. Bu toliblar Afg‘onistonni egallab olgandan keyin AQSh va ular o‘rtasidagi bunday darajadagi birinchi muzokaralar ekani aytilmoqda.
Nashrning yozishicha, AQSh prezidenti Jo Bayden Bernsni Kobulga u yerda avakuatsiya ishlarini o‘tkazish munosabati bilan yuborgan. Taxmin qilinishicha, uchrashuvda tomonlar 31 kuni yakunlanishi kerak bo‘lgan Kobuldagi NATO mamlakatlarining evakuatsiya muddatini uzaytirish masalasiga to‘xtalishgan.
“Tolibon” AQSh uchun “qizil chiziq” belgiladi
MRB bu xabar yuzasidan izoh berishdan bosh tortgan.
Barodar toliblarning birinchi hukumatida mudofa vazirining o‘rinbosari lavozimini egallagan edi. 2010-yilda u MRB va Pokiston maxsus xizmatlarining qo‘shma operatsiyasi natijasida hibsga olingan. Keyingi sakkiz yilni qamoqda o‘tgangan. 2018-yilda uni ozod qilishdi, bu Vashington va toliblar o‘rtasidagi siyosiy kelishuvlarning birinchi qadami bo‘ldi. 2020-yilda Barodar Qatarda AQSh bilan bitim imzoladi, u Amerika qo‘shinlarini Afg‘oniston olib chiqib ketishni nazarda tutardi.
* Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
Prezident kerakmas: Afg‘onistonni bir necha kishi boshqaradi