Afg‘onistonda Ukraina samolyoti olib qochildi

Afg‘onistonda Ukraina samolyoti olib qochildi - Ukraina Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari.
Sputnik
TOShKENT, 24 avg — Sputnik. Ukraina tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Yevgeniy Yenin ma’lum qilishicha, o‘tgan hafta ukrainaliklarni Afg‘onistondan evakuatsiya qilishi kerak bo‘lgan Ukraina samolyoti noma’lum shaxslar tomonidan ushlanib, boshqa yo‘lovchilar birga Eronga olib ketildi.
Dushanba kuni kechqurun Afg‘onistondan evakuatsiya qilingan fuqarolar bilan uchinchi samolyot Ukrainaga yetib keldi, bortda 98 nafar yo‘lovchi bo‘lgan, ulardan 41 nafari Ukraina fuqarosi.
Prezident kerakmas: Afg‘onistonni bir necha kishi boshqaradi
"Bizning samolyotni boshqa odamlar qo‘lga olishdi. O‘tgan seshanba kuni samolyotimiz o‘g‘irlab ketildi - u ukrainaliklarni olib ketish o‘rniga noma’lum yo‘lovchilar guruhi bilan Eronga uchib ketdi", - dedi u mahalliy radio efirida.
Ammo u voqea qanday tugaganiga aniqlik kiritmadi.
"Fuqarolarni evakuatsiya qilish bo‘yicha keyingi uchta urinishimiz ham muvaffaqiyatsiz tugadi, chunki yo‘lovchilarimiz aeroportga kira olishmadi", - deb qo‘shimcha qildi Ukraina TIV o‘rinbosari.