Toliblar Panjsherga hujum qilishga shaylanishmoqda

Jangarilar qarshilik kuchlari bo‘lgan Panjsherga hujum qilish uchun buyruq kutishmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 23 avg – Sputnik. “Tolibon”* radikal harakati jangchilari ular nazorati ostida bo‘lmagan yagona viloyat – Panjsherga hujum qilishga tayyorlanishmoqda, deb yozadi RIA Novosti.
Toliblar allaqachon yo‘lga chiqishgan va qarshilik kuchlari bo‘lgan Panjsherga hujum qilish uchun buyruq kutishmoqda.
Kuni kecha toliblar viloyatdagi qarshilik kuchlari yetakchisi Ahmad Mas’udga taslim bo‘lish uchun to‘rt soat vaqt berishgandi.
Afg‘oniston: hodisalar markazi – Qobuldami yoki Panjsherda?
Mas’ud bunga javoban Panjsher topshirilmasligi va uning aholisi qarshilik ko‘rsatishga hozirligini bildirdi. Mas’udning so‘zlariga ko‘ra, u va uning tarafdorlari “urushni yakunlashga va muloqot o‘rnatishga harakat qilishmoqda”, “Tolibon”* esa o‘zini shunday tutishda davom etsa, uzoq tura olmaydi.
Mas’ud - 1990-yillarda toliblarga qarshi kurashgan “Shimoliy alyans” rahbari Ahmad Shoh Mas’udning o‘g‘li.
* Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti