Senat a’zosi Topiboldi Xoldorov 79 yoshida vafot etdi

So‘nggi kunlarda u Toshkent shahridagi Respublika shoshilinch tez tibbiy ilmiy yordam markazida davolanayotgan bo‘lgan.
Sputnik
TOShKENT, 22 avg — Sputnik. Oliy Majlis Senati a’zosi, Farg‘ona viloyati Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘ining Keksalar va faxriylarni qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy faolligini oshirish bo‘yicha o‘rinbosari Topiboldi Xoldorov 22-avgust kuni 79 yoshida vafot etdi. Bu haqda Farg‘ona viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.
Ta’kidlanishicha, u surunkali yurak va buyrak yetishmovchiligidan vafot etgan. So‘nggi kunlarda Toshkent shahridagi Respublika shoshilinch tez tibbiy ilmiy yordam markazida davolanayotgan bo‘lgan.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Muhammad Rafiqov vafot etdi
Topiboldi Xoldorov 1942-yil 1-fevralda Farg‘ona tumanida tug‘ilgan, viloyatda matlubot va savdo sohalarida turli vazifalarda mehnat qilgan. 2000-yildan 2009-yilga qadar "Nuroniy" jamg‘armasi Farg‘ona tumani bo‘linmasi, 2009—2020 yillarda "Nuroniy" jamg‘armasi Farg‘ona viloyat bo‘limi raisi bo‘lgan.
60 yillik mehnat faoliyati davrida jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirishda faol ishtirok etib kelgan. 2016-yilda "Mehnat shuhrati" ordeni bilan mukofotlangan.