TOShKENT, 22 avg — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi qonuni bilan intellektual mulk sohasida ayrim qonunchilik hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.
Kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, mualliflik huquqi muallifning vafotidan keyin 70-yil davomida amal qilishi belgilandi (ilgari ushbu muddat 50-yil edi).
Qonunga ko‘ra, tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma berilganidan so‘ng Intellektual mulk agentligi talabnoma haqidagi ma’lumotlarni veb-saytiga 1 ish kunida joylashtiradi.
Ushbu e’lon asosida manfaatdor shaxslar Agentlikka talabnoma nohalol topshirilgan ariza haqida e’tiroz bildirishi mumkin.