TOShKENT, 20 avg - Sputnik. Toshkentga Rossiya taraqqiyot davlat korporatsiyasi (VEB.RF) ko‘magida 20ta yangi TMX metro vagonlari yuborildi.
Podmoskovyening Mitishi shahrida Rossiyada ishlab chiqarilgan zamonaviy metro vagonlarini O‘zbekistonga jo‘natish tantanali marosimi bo‘lib o‘tdi. Vagonlar Metrovagonmash korxonasida ishlab chiqarilgan.
Vagonlar sostavi Toshkent metropolitenida ishlatiladi. Yangi vagonlardan 5ta poyezdlarni shakllantirish ko‘zda tutilgan.
Yil yakuniga qadar Toshkentga yana 20ta metro vagonlari yuborilishi rejalashtirilgan.
VEB.RF va Toshkent metropoliteni o‘rtasida 40ta vagonlarni yetkazib berish bo‘yicha kredit shartnomasi 2021-yilning aprelida imzolangan. Kredit liniyasi hajmi 30,4 mln yevroni tashkil etib, u 12-yil muddatga taqdim etilgan.
"METROVAGONMASh" AJning ishlab chiqarish bo‘yicha direktor vazifasini bajaruvchi Grigoriy Ilyuxinning aytishicha, TMX bugungi kunda metro poyezdlarini ishlab chiqarishda dunyodagi yetakchilardan biri sanaladi.
"O‘zbekistonlik sheriklarimizga eng zamonaviy texnik yechimlarni taklif etamiz, bu vagonlar Toshkent metrosida o‘zining samarali va ishonchli faoliyatini isbotlagan", - deydi u.
Metroning 81-765/766/767 seriyali poyezdlari 2016-yildan buyon turli modifikatsiyalarda chiqarilib keladi. Vagonlar Moskva, Qozon, Baku va Toshkent metropolitenlarida ishlatilib kelinadi.
Vagonlar vagonlararo o‘tish yo‘lakchalari, ochiq va yopiq turdagi svet signalizatsiyalari, eni 1,4 m teng yonboshga ochiluvchi eshiklar bilan jihozlangan.
Bosh vagonlarda nogironlik kolyaskalari uchun joylar ko‘zda tutilgan.
Har bir yo‘lovchilar saloni sensorli axborot monitorlari bilan jihozlangan bo‘lib, ular orqali kerakli stansiyani izlash, marshrutni sozlash, harakat vaqtini hisoblash kabi operatsiyalarni bajarish mumkin.
Yo‘lovchi salonlari va mashinist kabinasi videokuzatuv, konditsioner va havoni zararsizlantirish tizimlari bilan jihozlangan.
Metro vagonlarining xizmat ko‘rsatish muddati 30-yilni tashkil etadi.