TOShKENT, 20 avg — Sputnik. Surxondaryo viloyatida urib tushirilgan Afg‘oniston Harbiy havo kuchlari samolyotining ikki nafar uchuvchisi reanimatsiyadan chiqarildi.
Jabrlanganlar hushiga kelgani aytilmoqda.
Bu haqda RIA Novosti agentligiga Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Termiz filiali xodimi xabar berdi.
"Ularning holati yaxshilandi, ular jonlantirish bo‘limidan travmatologiya bo‘limiga o‘tkazilgan, ikkalasi ham hushiga kelgan", - deb ta’kidladi tibbiy muassasa xodimi.
Suhbatdoshning so‘zlariga ko‘ra, ayni vaqtda uchuvchilarning ahvoli o‘rtacha og‘ir deya baholanmoqda.
O‘zbekiston Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 15-avgust kuni respublika HHK havodan hujumga qarshi mudofaa tizimlari afg‘on harbiy borti tomonidan O‘zbekiston davlat chegarasini buzishga urinish holatining oldini olgan.
Samolyot Surxondaryo viloyati Sherobod tumani hududida - Afg‘oniston bilan chegara yaqinida qulagan.
Uchuvchilar katapulta qilishga ulgurishgan va Termizdagi klinikaning jonlantirish bo‘limiga yetkazilgan.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi, shuningdek, 14-avgust kuni 84 afg‘on harbiylari O‘zbekiston bilan chegarani kesib o‘tib, yordam so‘rashgani - ularga tibbiy yordam ko‘rsatilgani, oziq-ovqat bilan ta’minlanganligi va vaqtincha turar joy tashkil etilgani haqida xabar berdi.