O‘zbekistonda koronavirus: 863 kishida kovid aniqlandi, 6 kishi vafot etdi

O‘zbekistonda sutka davomida 863 kishida koronavirus aniqlandi, respublika bo‘ylab koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 147 322 nafarni tashkil qilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 20 avg — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.
Sutka davomida 863 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 147 322 nafarni tashkil qilmoqda.
O‘zbekistonda emlashning salbiy oqibatlaridan himoyalanishga qaratilgan sug‘urta mavjud
Yangi holatlar: Qoraqalpog‘iston Respublikasida (92), Andijon viloyatida (41), Buxoro viloyatida (27), Jizzax viloyatida (50), Qashqadaryo viloyatida (20), Navoiy viloyatida (20), Namangan viloyatida (39), Samarqand viloyatida (93), Sirdaryo viloyatida (22), Surxondaryo viloyatida (88), Farg‘ona viloyatida (90), Xorazm viloyatida (31), Toshkent viloyatida (93), Toshkent shahrida (157) koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Sog‘ayish ko‘rsatkichi

Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 140 088 nafarga yetdi. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foiz.

O‘lim holatlari

6 nafar bemor vafot etdi, O‘zbekistonda jami 1008 kishi pandemiya qurboni bo‘ldi.

Dunyo salomatligi

Dunyo bo‘ylab infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 209,3 milliondan oshdi, 4,3 milliondan ortiq kishi vafot etdi. Eng ko‘p holatlar AQShda (37,1 mln), Hindistonda (32,3 mln), Braziliyada (20,4 mln).